Kontent qismiga oʻtish

Tavhid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tavhid (arabcha — yakkaxudolik) — umumiy maʼnoda — yakkaxudolik haqidagi taʼlimot (qarang. Vahdoniyat). Sharʼiy istilohda esa, Tavhid — Islom dinida Allohga shirk(sherik) keltirishning turli yoki barcha koʻrinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga eʼtiqod qilish demakdr.

“Tavhid” biron narsani yagonalikni nisbat berish, undan ko‘plikni inkor etishni bildiradi. Shar’iy istilohda tavhid Allohga shirk keltirishdan yiroq yurish, zotida, ismlarida, sifatlarida, ishlarida, hukmlarida U Zotning sherigi yo‘qligiga iqror bo‘lishdir.

Quyidagi oyatlar tavhidga misoldir:

1."Bunga sabab Allohning O‘zigina Haq ekani, Uni qo‘yib (mushriklar) duo-iltijo qilayotgan (butlar) esa botil ekani, Allohning O‘zigina Yuksak, Buyuk Zotligidir"(Haj surasi, 62-oyat).

2. „Bas, (ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam,) hech qanday iloh yo‘q, magar Allohgina borligini biling…“(Muhammad surasi, 19-oyat).

3. „Alloh — hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O‘zi bordir. U tirik va abadiy turuvchidir“(Baqara surasi, 255-oyat).

Tavhid bu Allohni ibodatda yagona qilish yaʼni ibodatni faqatgina yagona Allohga qilish, qaysiki maʼnoda, Alloh bu dunyoni oʻsha (ibodat) uchun yaratdi. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:

„ Jin va insonni faqat Menga(Alloh) ibodat qilishi uchungina yaratdim“(Az-zariyat surasi 51:56)

(bu yerda ibodat soʻzining maʼnosi shuki, barcha ibodat turlarida tavhid(Alloh yagonaligiga ishonish) va faqatgina Allohga duo qilish.)

Qur’oni Karimda quyidagi Tavhid turlari tasvirlanadi:

1. Tavhid Ar-Rububiyah- bu yagona Allohning Rabb va Yaratuvchi ekanligiga iymon keltirish. Haqiqatan ham, kofirlar(mushrik, Allohdan oʻzgaga ibodat qiluvchilar) bunga iymon keltirishgan, ammo bu ularning Islomga kirishiga kafil(sabab, etarli) boʻlmadi:

Alloh aytadi:

„Ulardan: Osmonlaru yerni kim yaratgan! deb soʻrasang, albatta: Ularni aziz va oʻta ilmli zot yaratgan, derlar“

(Az-Zukhruf surasi 43:9)

Hozirgi zamonda kommunistlar Allohning borligini umuman rad etishadi, tan olishmaydi, shuning uchun ham ular johiliyat (Islomdan oldingi) davridagi kofirlar(mushriklar)dan ham battar yomondir.

2.Tavhid Al-’Uluhiyah — bu Allohni barcha shar’iy ibodat turlarida, yaʼni masalan, duo qilish, yordam soʻrash, namoz oʻqish, qurbonlik soʻyish, tavof qilish(Kaʼbai mukarramani), qasam ichish va hokazolarda tavhid qilish (Yagona Allohga qilish)

Bu tavhid turi kofirlar(mushriklar) tomonidan rad etilgan hamda millatlar va ularga tegishli(yuborilgan) paygʻambarlar oʻrtasidagi qarama-qarshilik, kelishmov hilikning Nuh davridan Muhammad (sallallahu ’alayhi va sallam) davrigacha asosiy sababi(manbasi) boʻlib kelgan.

Qur’onda ibodat tavhidi(tavhid al-’uluhiya)ning va yagona Allohga murojaat qilishning juda ham muhimligini koʻrsatuvchi koʻplab suralarda oyatlar keltirilgan. Masalan: Fotiha surasida shunday deyiladi:

„Faqat sengagina ibodat qilamiz va faqat sendangina yordam soʻraymiz“

    (Fotiha surasi 1:5)

Ibodat tavhidi Uni(Allohni) duo qilishda yagona qilishni(yagona Allohga duo qilishni) hamda Uning Qur’oni bilan hokimlik qilishni va Uning shariati bilan hukm qilishni oʻz ichiga oladi.

Bularning barchasi Uning quyidagi oyatida oʻrin topgan:

„Albatta! Men,Oʻzim (Yagona) Allohdirman. Mendan oʻzga iloh yoq, Bas,Menga ibodat qil va Meni zikr etish uchun namozni toʻkis ado et“

(Toha surasi 20:14)

3.Tavhid Al-asma va Sifat: (Allohning Ism va Sifatlarida yagonaligi)- Alloh taolo Qur’oni karimda Oʻzini qanday sifatlagan boʻlsa, yoki Rasululloh (sallallohu ’alayhi va sallam) sahih hadislarda u Zotni qanday sifatlagan boʻlsalar, ushbu sifatlarga iymon keltirib, U Zotni oʻzimizga oʻxshatmasligimiz(tamsil) va bu sifatlarni inkor qilib(taʼtil), maʼnolarini oʻzgartirmasligimiz (tahrif) hamda Uning sifatlarini qanday deb soʻramasligimizdir(at-takyif) va sifatning soʻzini qabul qilamiz ammo maʼnosiga eʼtibor qilmaymiz deyishdan qaytishdir.(tafvid). Allohning sifatlariga misol: Alloh taoloning Uning Arshi ustidaligi(istivaa) va dunyo(eng pastgi) osmoniga tushishi(nuzul) va Uning Qoʻli va Uning Kelishi (Maji’) borligi kabi Alloh taoloni barkamol Zot ekanligini anglatadigan narsalar.

Biz Alloh Sifatlarini Salaflar aytganidek tushuntirib beramiz unga hech narsa qoʻshmaymiz va hech narsani olib tashlamaymiz. Masalan, Istivaaning tushuntirilishi Taaʼibeen(Sahobalarning toliblari)dan Sahih Al-Buxoriyda quyidagicha rivoyat qilinadi: Allohning Oʻz buyukligiga xos ravishda koʻtarilishi va yuqorish bolishi.

Alloh Qur’onda aytadi:

„Biron narsa U Zotga oʻxshash emasdir, U Zot (barcha narsani) Eshitguvchi va (barcha narsani) Koʻrib Turguvchidir“. (Shuro surasi 42:11)

1.Tahrif -bu aniq oyatlarning va sahih hadislarning maʼnolarini yolgʻon boʻlgan boshqa maʼnolarga almashtirish, masalan, istivaa(koʻtarilish) ning maʼnosini istawlaa(gʻalaba qilish, qozonish) deb tushuntirish.

2.Taʼtil- bu Alloh sifatlarini inkor va rad etish. Yaʼni masalan, Allohning osmonlar ustida yuksakligini rad etish.Adashgan guruhlar Alloh barcha joyda deb taʼkid qilishadi. Alloh taolo ularning yol’gonlaridan uzoqdir.

3.At-Takyif- (qanday deb soʻrash)- bu Alloh sifatlari qanday deb soʻrash va shu yoʻsinda koʻp mulohazaga tushish. Demak, Allohning osmonlar ustida yuksakligini mavjudotning (Uning yaratganining) yuksakligiga solishirish mumkin emas va Allohdan boshqa hech kim Allohning 7 osmon ustida qanday ekanligini bilmaydi. Shuning uchun ham Alloh sifatlari ustida ular qanday deb mulohaza yuritish mumkin emas, chunki Alloh sifatlarining qandayligini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi.

4.At-Tamsil(Oʻxshatish)- bu Alloh sifatlarini Uning mavjudotlari sifatlariga oʻxshatish. Biz: „Alloh eng pastki osmonga biz tushganimizdek tushadi“ deb ayta olmaymiz. Chunki uni Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi and u faqatgina Allohga xosdir.

5.At-Tafvid- Salaflar tafvidi Alloh sifatlari maʼnosini qabul qilish va uning qanday ekanligini mulohaza qilmaslik. Masalan, Istivaa Yuksaklik maʼnosini bildiradi deb olingan ammo, Alloh Uning Arshi ustida qanday yuksakligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Mufavidalarning(tafvidni amal qilivchilar) tafvidiga keladigan boʻlsak ular sifatning maʼnosini va uning qanday ekanligini birgalikda mulohaza etmaydilar. Bu esa bizning Salaflar yoʻliga ziddir. Masalan, Umma Salamah va Rabeʼah, Imom Malikning shayxlari va Imom Malikning oʻzi aytganlarki, istiva maʼlum ammo uning qanday boʻlishi noʻmalum va bunga imon keltirish majbur(farz) and u haqda soʻrov qilish bid’at(yaʼni istiva qanday boʻlishini soʻrash). Ammo mufavidalar istiva haqida soʻrash umuman mumkin emas deyishadi va bu Salaflar yoʻliga ziddir.

  Tavxid kalimasi 2ta rukunga bolinadi Nafiy va  Isbot
        La ilaha  Ila Alloh 
(,,nafiy’’ so’zi inkor ma’nosini anglatib, bu yerda ‘’Laa Ilaaha’’ degan jumlaning ,,Iloh yo’q’’ degan qismiga ishora qilmoqda. Jumlaning ,,Illalloh’’, ya’ni ,,Allohdan boshqa’’ degan qismi esa Allohdan boshqa iloh yo’qligini isbot qilmoqda).