Kontent qismiga oʻtish

Poʻlat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Poʻlat
Poʻlat
Temir-uglerod qotishma fazalari

Ferrit
Austenit
Sementit
Grafit

Temir-uglerod qotishma strukturalari

Ledeburit
Martensit
Perlit
Sorbit
Troostit
Beynit

Po`latlar

Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C)
Asbobsozlik po`lati (~2 % gacha C)
Zanglamaydigan po`lat (xrom bilan ligerlangan)
Issiqqa chidamli po`lat
Mustahkamligi yuqori po`lat

Cho`yanlar

Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas)
Kulrang cho`yan (grafit plastina shaklida)
Bolg`alanuvchan cho`yan (grafit parchalari)
Mustahkamligi yuqori cho`yan
Yarim cho`yan (grafit va ledeburitdan iborat)

Poʻlattemirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) poʻlatlar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi.

Poʻlat suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq poʻlat konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik poʻlat pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi poʻlat temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.

Xom ashyo sifatida domna choʻyani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pechda qizdiriladi. Kimyoviy reaksiya natijasida choʻyan va temir-tersaklar tarkibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida poʻlat hosil boʻladi. Lozim boʻlsa (mas, legirlangan poʻlat olishda), poʻlat tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qoʻshiladi. Fosfor va oltingugurt poʻlatning xossalariga salbiy taʼsir etgani sa-babli poʻlat ulardan tozalanadi (rafina-siyalanadi). Bunda asos harakterli flyusdan foydalaniladi.

Poʻlatni qaytarish, yaʼni uning tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suyuq poʻlatga qaytaruvchilar (tarkibida Mp, Si, Al, Ca boʻlgan qotishmalar) qoʻshiladi. Ular temir ok-sidi tarkibidagi kislorod bilan birikib, uni tozalaydi. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) ustiga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga binoan, poʻlat tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab boʻladi. Poʻlat ishlab chiqarish tayyor ggoʻlatni kovshlar yordamida maxsus metall qoliplarga kuyish bilan yakunlanadi.

Dunyo miqyosida poʻlat ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20—25 foizini tashkil etadi. Poʻlat qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan asosiy material hisoblanadi.[1]

Poʻlat ishlab chiqarish

Poʻlat (pols. stal, nem. Stahl) — temir va uglerod (va boshqa unsurlar) deformatsiyalanuvchan (bolgʻalanuvchan) qotishmasi, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan oshmaydi va 0,02 % dan kam emas. Uglerod temir qotishmalarida mustahkamlik va qattiqlik xususiyatlarini oshirib, plastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi. Poʻlat — mashinasozlik, transport, qurilish va boshqa koʻp sohalarda muhim material hisoblanadi. Asboblozlik poʻlatlari oʻzining oson kesiluvchanligi bilan ajralib turadi.

Klassifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poʻlatlar konstruktsiyaviy va asbobsozlik turlariga bo'linadi

Poʻlatning tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zichligi — (7,7-7,9)*10³ kg/m³;

Solishtirma ogʻirligi — (7,7-7,9) g/cm³;

Erish temperaturasi — 1300—1400 C ;

Poʻlatlarning turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Poʻlat markasi Toplash Qattiqligi
35 normallashish 163—192 HB
40 yaxshilanish 192—228 HB
45 normallashish 179—207 HB
45 yaxshilanish 235—262 HB
40X yaxshilanish 235—262 HB
40X yaxshilanish+el. toki bilan zakalka 45-50 HRC; 269—302 HB
40XN yaxshilanish 235—262 HB
40XN yaxshilanish+el. toki bilan zakalka 48-53 HRC; 269—302 HB
35XM yaxshilanish 235—262 HB
35XM yaxshilanish+el. toki bilan zakalka 48-53 HRC; 269—302 HB
35L normallashish 163—207 HB
40L normallashish 147 HB
45L yaxshilanish 207—235 HB
40GL yaxshilanish 235—262 HB

Poʻlat ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlatlar 2007-yilda, ming tonna Jahon boʻyicha, %
Dunyo boʻyicha 1344265 100 %
Osiyo 754574 56,1 %
Afrika 18764 1,4 %
Yaqin sharq 16452 1,2 %
Yevropa Ittifoqi (27) 210186 15,6 %
Yevropa Ittifoqi (15) 175609 13,1 %
Qolgan Yevropa davlatlari 30452 2,3 %
Okeaniya 8745 0,7 %
Shimoliy Amerika 132834 9,9 %
MDH (6) 124006 9,2 %
Janubiy Amerika 48251 3,6 %
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil