Kontent qismiga oʻtish

Diftong

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diftong (yun. s11rI1Nop§o8 — qoʻsh tovushli, qoʻsh ovozli) — bir boʻgʻin hosil qiluvchi 2 fonetik unsur (un-li)dan tashkil topgan murakkab unli; shu jihati bilan monoftongyaang farq qiladi, unsurlarning biri bevosita boʻgʻin hosil qiladi, ikkinchisi esa unga ergashib keladi va boʻgʻin hosil qiluvchi hisoblanmaydi. Pasayuvchi (birinchi unli boʻgʻin hosil qiladi) va koʻtariluvchi (ikkinchi unli boʻgʻin hosil qiladi) D.lar oʻzaro farqlanadi. D. koʻpincha nemis, ingliz, ispan, fransuz, xitoy kabi tillarda uchraydi. Turkiy tillarda, xususan, oʻzbek adabiy tilida bunday unlilar yoʻq, faqat oʻzbek tilining qipchoq lahjalarida (masalan, Gʻallaorol lahjasida) E. unlisining D.lashuvi kuzatiladi.

  • Rsshetov V.V., Shoabdurahmo-nov 111., Oʻzbek dialektologiyasi, T.. 1978; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yaz1kovedsniye, M., 1998.