Kontent qismiga oʻtish

Gʻallaorol tumani

Koordinatalari: 39°59′17.5″N 67°35′2.4″E / 39.988194°N 67.584000°E / 39.988194; 67.584000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻallaorol tumani
Tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gʻallaorol
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 127 500
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Gʻallaorol tumani xaritada
Gʻallaorol tumani VikiOmborda
39°59′17.5″N 67°35′2.4″E / 39.988194°N 67.584000°E / 39.988194; 67.584000

Gʻallaorol tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1931-yilgacha Yangiqoʻrgʻon tumani deb atalgan. Viloyatning gʻarbiy, janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shimolidan Forish, sharqdan Jizzax, janubidan Baxmal tumanlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 2,0 ming km². Aholisi 128,1 ming kishi (2005). 1 shahar (Gʻallaorol), 2 shaharcha (Mar-jonbuloq, Qoʻytosh), 11 qishloq fu-qarolari yigʻini (1-may qishlogʻi yaʼni Gʻallakor Buloqboshi, Guliston, Ittifoq, Koʻkbuloq, Madaniyat, Mirzabuloq, Moʻltob, Mulkush, tozaurugʻ, Qipchoqsoy, Gʻoʻbdin) bor. Markazi — Gʻallaorol shahri.[1]

Tumanning markaziy va gʻarbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismi qir, baland adir va togʻlardan iborat. Shim.dan Nurota tizmalari, sharqsan Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Tuman hududining katta qismi uning markaziy qismidan shimoliga 350400 m dan 1600-1900 m gacha koʻtarilib boruvchi tekislik. Tekislik Nurota togʻi etaklarigacha davom etadi. Foydali qazilmalarl.sh qoʻrgʻo-shin, rux, oltin, volfram. mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qum, shagʻal, gips, granit, ohaktosh va boshqa turli qurilish materiallari mavjud, shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iklimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −2°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 326 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shimolily qismidagi adirlarning tuprogʻi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproq. Soylik, jar koʻp. Tuman hududidan Sangzor daryosi oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, yal-piz, lola, lolaqizgʻaldoq, iloq, qiyoq, shoʻra, shuvoq, yantoq, naʼmatak, zira, zirk va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, chiyaboʻri, arxar, quyon; sudralib yuruvchilardan tosh-baqa, zaharli ilonlar, echkemar, kal-takesaklar; kemiruvchilardan kala-mush, yumronqoziq, dala sichqoni; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgʻovul, kaklik, kaptar yashaydi; suv havzalarida turli baliqlar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa mil-lat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 61,9 kishi. Shahar aholisi 32,2 ming kishi, qishloq aholisi 91,6 ming kishi.

Iqtisodiyoti va Tarixi Gʻallaorol tumanida Marjonbuloq va Qoʻytosh volfram-molibden konlari, meva-konserva, sharob ishlab chiqarish korxonasi, parrandachilik aksiyadorlik birlashmasi, avtokorxona, MTP, sutni qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, paxta tozalash, gʻisht zavodlari bor. 230 ga yaqin firma, oʻrta biznes, kichik korxona, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. „Gʻallaorol — Iordaniya“, „Gʻallaorol — Turkiya“, „Gʻallaorol — Belogorsk“, „Vollastonit“ (Qoʻytoshda) qoʻshma korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartosh-ka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, urugʻchilik firmasi va boshqa bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, parran-da, yilqi boqiladi. Tuman hududidagi kanallar uz. 76 km, zovurlar uz. 106,6 km.

90 ga yaqin umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 33 ta tarmogʻi (244 ming nusxa asar), 11 madaniyat uyi, 15 klub muassasasi mavjud. „Oltin boshoq“ ashula va raqs, „Gashtak“ folklor-et-nografik dastalari faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi (520 oʻrin), 4 poliklinika, tugʻruqxona, 55 feldsher-akusherlik punkti, 10 qishloq-vrachlik am-bulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti va temir yoʻl oʻtgan. Tuman markazidan Toshkent, Samarqand, Jizzax shahri lari, viloyatning Baxmal, Gagarin, Paxtakor, Doʻstlik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Tezyu-rar Toshkent — Samarqand elektr poyezdi tuman hududidan oʻtadi.


Tuman tarkibida 11 qishloq fuqarolar yigʻini (Gʻubdun, Ittifoq, Kipchoqsuv, Koʻkbuloq, Madaniyat, Mirzabuloq, Buloqboshi, Guliston, Tozaurugʻ, Moltob, Mulkush), 2 shahar (Marjonbuloq, Gʻallaorol), 1 shaharcha (Qoʻytosh) mavjud. Markazi — Gʻallaorol shahri. Aholisi asosan oʻzbeklar; ruslar, tatarlar va boshqa millat vakillari. Aholining oʻrtacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 19 kishi. Gʻallaorol tumanining markaziy va gʻarbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismi qir, baland adir va togʻlardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqdan Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Gʻallaorol hududining katta qismini uning markaziy qismidan shimolga 380-400 metrdan 1600-1900 metrgacha koʻtarilob boruvchi lyoss va sariq tuproqli qatlamdan iborat tekislik pasttekislik tashkil qiladi. Sangzor daryosi xosil qilgan bu tekislik Nurota togʻ etaklariga borib taqaladi.

Tuman zamini turli hil foydali qazilmalar — qoʻrgʻoshin, rux, oltin, volfram singari yer osti maʼdanlarga nihoyatda boy. Mahalliy axamiyatga ega boʻlgan qum, shagʻal, ganch, granit, ohaktosh va boshqa hil qurilish materiallari ham mavjud. Tumanda shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quriq, qishi sovuq.

  1. "Gʻallaorol tumani" OʻzME. Gʻ-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil