Kontent qismiga oʻtish

Sind

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sind — Pokistonning jan.sharqiy qismidagi viloyat. Maydoni 140,9 ming km². Aholisi 29,9 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Karochi sh. Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Iklimi tropik iqlim, yanvarning urtacha temperaturasi 16—17°, iyulniki 29—35°. Yillik yogʻin 75–200 mm. Teztez qum buronlari bulib turadi. Eng katta daryosi — Hind. Tuprogʻi boʻz tuproq. Katta maydonlar shoʻrxoklardan iborat. Chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi.

Sind — iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyat. Mamlakat hududining 18,8%, aholisining 21% dan ziyodi Sindga toʻgʻri keladi. Mamlakatning eng yirik iqtisodiy markazi va dengiz porti boʻlgan Karochida umummilliy sanoat i.ch.ning 50% joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari bor. Metallurgiya kombinati qurilgan. Qishloq xoʻjaligida tovar mahsulot ishlab chiqariladi. Sindda sholi, bugʻdoy, shakarqamish, paxta ekiladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, tuya, qoramol boqiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Hind daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Karochi (dengiz porti), Haydarobod va Sukkur.

Mil. av. 3ming yillik oʻrtasidan mil. av. 2ming yillik oʻrtasigacha Sind hududida Harappa madaniyati ravnaq topgan. Sindning markazi MohenjoDaro boʻlgan. Qadimda va oʻrta asrlarda Sind iqtisodida dengiz va karvon yoʻllari orqali olib borilgan tranzit savdo muhim ahamiyatga ega boʻlgan.