Kontent qismiga oʻtish

Prokopiy Kesariskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

562 y. keyin vafot etgan – Vkizantiyalik tarixchi, imperator Yustin saroyida kichik davlat xizmatchisi: yurist – maslahatchi; Eronga va germanlarga qarshi urushlarda ishtirok etgan. O‘zining “Urushlar” (8 kitobdan iborat; 503 y. yozilgan) hamda “Qurilishlar haqida” (553-555 y. bitilgan) kitoblarida imperator Yustin (527-565) ni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Prokopiy Kesariyskiyning asarlari Vizantiyaning VI asrdagi ichki va tashqi siyosatini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi; rimliklarning (ular o‘zlarini vizantiyaliklar[1] deb atardi) Eronga qarshi urushlarini batafsil bayon etgan. Muallif bu urushlarda shaxsan ishtirok etgan. Asarda Xusrav Anushirvon, Eronning ayrim davlat arboblari, saroyda amalda bo‘lgan qabul marosimlari haqida hikoya qiladi.

  1. O'rganilayotgan mamlakat tarihshunosligi va manbashunosligi(Eron).