Kontent qismiga oʻtish

Nuriddin Zayniyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nuriddin Zayniyev
 Qashqadaryo viloyati hokimi
 
Mansab davri
2002 – 2011
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Hamidov
Vorisi Turobjon Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1952
Vafoti 2015

Nuriddin Zayniyevich Zayniyev (1952—2015) — oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (2002-yil 26-dekabr—2011-yil 30-noyabr).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda KPSS a'zosi bo'ldi. 1990-yilda KPSS Markaziy Qo'mitasi huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining aspiranti bo'ldi[1]. 1991-yilda Qashqadaryo viloyat partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi.

2002-yilgacha “Muborakneftgaz” DK neft va gaz konlari boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2002-yil 26-dekabrda Qashqadaryo viloyati hokimi etib saylandi. 2011-yil 30-noyabrda u hokimlik lavozimidan ozod etilgan.

2000-yilda Qashqadaryo viloyati Muborak 227-okrugidan Oliy Majlis II chaqiriq deputati etib saylangan.

2015-yil 3-fevralda vafot etgan[2].

  1. „ЗАЙНИЕВ Нуритдин | ЦентрАзия“. centrasia.org. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  2. „Нуриддин Зайниев оиласига ҳамдардлик билдирамиз“ (2015-yil 3-fevral). Qaraldi: 14-sentyabr 2022-yil.