Kontent qismiga oʻtish

Muqaddasiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muqaddasiy, Maqdisiy (toʻliq ism-sharifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiy) (946/947, Quddus - taxminan 1000) — arab geografi, sayyoh. Musulmon Sharq-ining deyarli barcha mamlakatlarida boʻlgan. M. oʻzining shaxsiy kuzatishlari va oʻzidan oldingi salaflarining asarlarini ijodiy oʻrganishi natijasida oʻzining "Ahsan attaqosim fi maʼrifat alaqolim" ("Iqlimlarni oʻrganish uchun eng yaxshi qoʻllanma") asarini yozgan. Asarning ikkita taxriri mavjud. Birinchi tahrir (986 yil) Somoniylarga, keyingisi (989 yil) Fotimiylarga bagʻishlangan. Asar muqaddima va 2 qismdan iborat. 14 ta bobida Arab xalifaligiga kiruvchi viloyat (yoki region)larning geografik holati, tabiiy sharoitlari, yirik shaharlari, meʼmoriy yodgorliklari, aholisi, xoʻjaligi, karvon yoʻllari, urfodatlari, soliq va jarima turlari, har bir mamlakatning mashhur kishilarigadoir aniq maʼlumotlar berilgan.

Asarning keyingi boblarida ajam mamlakatlari (Xuroson, Seyiston, Movarounnahr) tavsiflangan. "Ahsan attaqosim" Oʻrta asr Sharq mamlakatlari, jumladan, Oʻrta Osiyo hamda Zakavkazye xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda madaniy hayotiga oid aniq maʼlumotlar keltirilganligi bilan boshqa geografik asarlardan farq qiladi va shu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini oʻrganishda muhim manbadir. Asarning nemischa matni 1877-yil de Guye tomonidan Leydenda nashr etilgan. 1906 va 1967-yillarda asar qayta nashr qilingan.

  • Krachkovskiy I.Yu., Izb. soch., t.4, M.—L., 1957; Drevniye i srednevekovie istochniki po etnografii i istorii narodov Afriki yujneye Sahari: [t.2] — Arabskiye istochniki X—XII vekov, M. —L., 1965; B. Ahmedov, Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil