Metsenat Gay Silniy
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metsenat Gay Silniy (Gaius Gilnius Maecenas) (miloddan avvalgi 74/64 yil — miloddan avvalgi 8 yil) — Rim imperatori Avgustnpnt yaqin kishisi, monarxiya tarafdori. Davlat lavozimlarida ishlamagan, fa-sat 30-yillarda Avgustning muhim siyosiy va diplomatik (mas, Antoniy Mark bilan boʻlgan muzokaralar) hamda shaxsiy topshiriklarini bajargan. M. oʻziga zamondosh boʻlgan Rim adabiy hayotiga taʼsiri bilan mashhur boʻlgan. U oʻz davridagi mashhur shoirlar — Goratsiy, Vergiliy, Propersiy va boshqa bilan doʻst boʻlgan, ularga homiylik qilgan. M. ismi fan va sanʼat homiysi sifatida majoziy maʼno kasb etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |