Kontent qismiga oʻtish

Hercule Poirot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Erkyul Puaro (fransuzcha: Hercule Poirot)- taniqli ingliz yozuvchisi Agata Kristining adabiy qahramoni, asli belgiyalik bo’lgan xususiy detektiv bo’lib, 1920-1975 yillarda nashr etilgan 33 ta roman, 54 ta hikoya va 1 ta pyesaning bosh qahramoni va ular asosida filmlar, teleseriallar, teatr va radio ko'rsatuvlari suratga olingan. Puaro Miss Marpl bilan birga Agata Kristi asarlaridagi ikkita asosiy qahramondan biridir. Hozirda asarni 2019-yilda Erkyul Puaro haqida 3 ta detektiv romanni nashr etgan boshqa ingliz yozuvchisi Sofi Xanna davom ettirmoqda.

Tashqi ko'rinish va shaxsiy sifatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Puaroning uyi, Whitehaven Mansions

Erkyul Puaro kichik bo'yli, ovalsiman boshga ega, sochlari esa qora lekin yoshi o'tgan sayin bo'yashni boshlaydi[1] (ba'zi ekranlashtirilgan versiyalari kal sifatida tasvirlangan), yashil rangdagi "mushuk ko'zli"[2], qat'iy tartibga keltirilgan kiyimlar, poyabzal (laklangan charm poyabzal) va uning mag'rurligi nishonasi boʻlgan mo'ylov. Puaroning kiyinish uslubi yillar davomida eskirgandek tuyuladi[3], lekin u bundan voz kechmaydi. Puaro har doim uyini toza saqlaydi. Uning uyida mukammal tartib hukmronlik qiladi va hamma narsa o'z o'rnida. Kiyimlari hamisha toza, ustida zarracha chang yo‘q. Deyarli aqldan ozdiradigan darjadagi tartibga bo’lgan ishtiyoq unga jinoyatlarni ochishda ham yordam beradi. Puaro juda aniq va o'zi bilan cho’ntak soati olib yuradi[4]. U har doim bank hisobidagi qat'iy belgilangan balansga amal qiladi - 444 funt 4 shilling 4 pens[5].

Puaro kamtar emas va o'zini ochiqchasiga buyuk odam deb ataydi (Devid Sushe bosh rolni ijro etgan ITV serialida bu xususiyat Puaro uchun detektivning zaifligini yashirib turadigan niqob sifatida ko'rsatilgan). U tergovni dramatik yakun, hatto ba'zan esa teatr elementlari bilan tugatishga harakat qiladi. Shuning uchun o’z xulosalarini u hech qachon kapitan Gastingsga ham, inspektor Jeppga ham oshkor qilmaydi, aksincha barcha tafsilotlarni hamda keyingi jumboqning yechimini oxiriga qoldiradi.

Tergov jarayonida oshkor qilgan oilaviy dramalar va sevgi sirlarini, hatto ba'zi mayda jinoyatlarni ham, faqat zarurat tug'ilgandagina ularni ommaga e’lon qiladi.

Grafinya Vera Rusakova (inglizcha: Countess Vera Rossakoff') - Puaroning uzoq yillik sevgisi hisoblanadi ("Большая четвёрка" romani).

Angliyada ot’kazgan butun umri davomida Puaro hech qachon ayollarga qiziqish bildirmagan..Ayollar uning zaif tomoni ekanligini uning o’zi ta’kidlaydi, lekin u hech kimni sevib qolmaydi. Detektiv faqat bir marta, politsiyada ishab yosh va navqiron paytida Virjiniya Mesnar ismli qizni sevib qolgan, ammo bu ishqiy munosabatlar uzoq davom etmagan.

Puaro ingliz tilida yaxshi gapiradi, lekin ba'zida alohida inglizcha so’zlarni unutib kuchli aksent bilan gapiradi. Buni u “Трагедия в трёх актах” romanida shunday izohlaydi: agar u kuchli aksent bilan gapirsa, hamma uni ingliz tilida ham gapira olmaydigan oddiy chet ellik deb o‘ylay boshlaydi va unga bo’lgan e’tibor kamayadi. Bu esa o’z navbatida Puaroga qotilni cho’chitmasdan qo'lga olishda yordam beradi[6].

[[Файл:Poirot_Investigates.jpg|left|thumb| “Пуаро ведёт следствие”to'plamining muqovasi]] Puaroning o'zi "Трагедия в трёх актах" kitobida shunday deydi: "... yoshligimda men kambag'al edim va ko'p aka-uka va opa-singillarim bor edi... Belgiyada bir qancha muddat politsiyada ishladim... keyin urush boshlandi, Men yarador bo'ldim... Meni Angliyaga davolanish uchun yuborishdi va o’sha yerda qoldim... "

Puaro belgiyalik muhojir, sobiq politsiyachi bo’lib. Bu u haqidagi birinchi kitobda (umuman olganda adibaning ilk romani) "Загадочное происшествие в Стайлзе"da nima uchun bunday tajribali izquvar qishloqda ishsiz ekanligiga tushuntirish bo’lib xizmat qildi - chunki, roman yozilayotgan paytda Belgiya (1916-yil, 1920-yilda nashr etilgan) Birinchi jahon urushi davrida Germaniya tomonidan bosib olingan edi. Agata Kristi oʻzining “Tarjimai hol” asarida oʻzi yashagan Torki shahrida koʻplab belgiyalik muhojirlar bo’ganligini ta’kidlab o’tadi[7].

Detektiv nima uchun Herkule (Gerkules nomining fransuzcha shakli) deb nomlanganligi haqida ko'plab tahminlar mavjud: ba’zilar yozuvchi Mari Bellok Lounds tomonidan yaratilgan obrazga ya’ni Herkul Popoga ishora qiladilar; boshqalar esa Gilbert Chestertonning Gerkule Flambeausi haqida gap ochishadi; Puaro ismining kelib chiqishi haqidagi tahminlardan yana biri "Londonda yashovchi belgiyalik nafaqadagi politsiyachi janob Puare" bo’lib, u Frank Evans Xaueldan[8] tomonidan ilgari surilgan. Puare - bu juda keng tarqalgan fransuz familiyasi bo’lib, ammo Puaro unday emas. Fransuz tilida “Puaro” луку-порею fransuzcha: poireau deb talaffuz qilinadi.

Edgar Poning Ogyust Dyupen va Artur Konan Doylning Sherlok Xolmslari Puaroning detektiv janrdagi raqiblari edi. Alfred Meyson tomonidan yaratilgan inspektor Ano Puaroga o'xshashligiga ishora qilinadi.

Ozgina muddat Puaro xususiy detektiv bo'lib ishladi va o'zining detektiv agentligiga ham ega edi, u yerda Miss Lemon ismli ayol ham ishlagan. Ko'pgina romanlarning voqealari aynan shu yerdan boshlanadi. Puaroning so'nggi ishi ya’ni tavsifida detektiv agentlik tasvirlanadigan "Подвиги Геракла" to'plamida nashr etilgan. Keyingi asarlarda detektiv agentlik haqida gapirilmaydi. Biroq, Puaro hali ham havaskor sifatida emas, balki professional xususiy detektiv sifatida ish olib boradi.

Puaro butun Angliyada mashhur bo'la boshlaydi, hatto davlat ahamiyatga ega boʻlgan tergovlarni ham olib boradi. U ko'p jinoyatlarni ochib beradi va deyarli hech qachon xato qilmaydi. Uning yagona mag'lubiyati 1893-yilda Belgiyada sodir bo'ladi va Agata Kristi tomonidan "Коробка шоколада" qissasida tasvirlangan va "Загадка Эдхауза" romanida ham eslatib o'tilgan. Puaro bir necha bor "sahnani tark etishga" urinib ko'radi, lekin u qaerda paydo bo'lmasin, jinoyatlar uning oyog’i ostidan chiqib boradi.

Birinchi romanning o’zidayoq Puaro ancha keksa odam edi va undan keyin yana o'n yil yashadi. Biroq, Agata Kristi hech qachon o'z asarlarida ham, sharhlarida ham Puaroning aniq yoshi yoki tug'ilgan sanasi haqida hech qanday gap ochmagan. Agata Kristi romanlari, agar boshqacha aytilmagan bo'lsa, yozilishi bilan bir vaqtda sodir bo'ladi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, Puaro juda sekin qariydi va shu asnoda 100 yildan ortiq umr ko’radi.

1930-yilda Agata Kristi Puaroni "chidab bo'lmas", 1960-yilda esa "yomon, dabdabali, zerikarli, o'zini o'ylaydigan, kamharakat" va "kichkina ikkiyuzlamachi" deb atagan. Ammo o'quvchilar uni sevishardi va Kristi bu ularning oldidagi burchi deb hisoblaganligi uchun ham personajni tark etmadi[8]. Bundan tashqari, adiba Puaro obrazini muharrirlar tomonidan bepul tahrirlanishidan va sahna asarlarida modernizatsiya qilinishidan himoya qiladi, ayniqsa 1931-1934 yillarda detektiv rolini aktyor Ostin Trevor o'ynagan va umuman mo'ylovsiz tasvirlangan film trilogiyasi chiqqanidan so’ng. Puaro Agata Kristining o’limidan bir yil oldin 1975-yilda nashr etilgan “Занавес” romanida vafot etadi. Voqealar Angliyada ya’ni u muvaffaqiyat qozongan faoliyatini boshlagan joyda, Stylesda bo'lib o'tadi. Herkul Puaroning nekrologi Nyu-York Taymsning birinchi sahifasida chop etilgan yagona to’qima qahramon edi: "1975-yil 6-avgust. Taniqli belgiyalik detektiv Herkul Puaro vafot etdi.[9]

Belgiyaning Elzel qishlog'idagi Erkyul Puaro yodgorligi, uning aholisi o'z qishlog'ini qahramonning tug'ilgan joyi deb bilishadi (bu Kristi yoki boshqa hech kim tomonidan tasdiqlanmagan)

Hozirgi paytda personajning mualliflik huquqi yozuvchining nabirasi Metyu Pritchardga tegishli.

Gerkule nomi qadimgi qahramon Gerkulesdan (Gerkules) kelib chiqqan, ammo u ajoyib jismoniy kuch orqali o'z jasoratlarini bajargan bo'lsa, Puaro esa buni miyasining "kichik kulrang hujayralari" yordamida amalga oshirgan.

Puaroning usuli barcha faktlarni, ular qanchalik ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinmasin, bitta rasmga bog‘lashdan iborat. U guvohla bergan ko'rsatmalarning eng kichik tafsilotlarigacha eslab qolishga qodir. Bundan tashqari, u juda kuzatuvchan - uning ko'zidan biron bir dalil yashirina olmaydi. Aynan shu tafsilotlar uni muammoni to'g'ri yechimiga olib keladi.

Haqiqatga intilish va uyalish hissining yo'qligi unga boshqa odamlarning narsalarini titishga, xatlarini o'qishga va suhbatlarni eshik ortidan tinglab olishga imkon beradi. Gastings esa, odatdagi ingliz janoblari kabi, har doim bunday usullarga qarshi norozilik bildiradi. Puaro ham psixologik tajribalar muxlisidir. Bunday tajribalar unga bir necha bor qotilni aniqlashga imkon bergan. Puaro detektiv roli haqida shunday deydi[10] :

Mutaxassislarning ishi faktlarni to'plashdir, izquvarning roli esa jinoyatni mantiqiy deduksiya orqali ochish, voqealar zanjirini to'g'ri tuzish va ularni dalillar bilan bog'lashdir. Lekin, birinchi navbatda, jinoyatchining psixologiyasini tushunish muhimdir.

{{{Manba}}}

“Драма в трёх актах” romanida Puaro shunday deydi:[11]

Jinoyat suratini qayta tiklash, mana detektivning maqsadi. Buning uchun siz xuddi kartalardan foydalanin uy qurayotgandek bilgan faktlarni qo'shib borishingiz kerak. Agar birorta fakt kerakli joyga to'g'ri kelmasa - agar karta muvozanatni saqlamasa - siz boshidan boshlashingiz kerak, aks holda butun tuzilmangiz qulab tushadi.

{{{Manba}}}

Ko'pincha Puaroga kapitan Gastings hamroh bo'ladi (1940-yilgacha 8 ta roman va ko'pgina hikoyalarda). Puaro ko'p jinoyatlarni tergov qilishda yolg'iz o'zi bo’ladi, ammo ba'zida Miss Lemon, Ariadna Oliver yoki katta inspektor Jepphamrohlik qiladi.Romanlarning birida esa Puaroga hamrohlik qilayotgan personajning o’zi qotil bo’lib chiqadi. "Карты на стол", "Смерть на Ниле" va boshqa romanlarda Puaro tergov ishlarini Kristining boshqa qahramonlari bilan birga olib boradi. “Трагедия в трёх актах”, “Часы” va “Свидание со смертью” romanlarida Puaro asosiy rol o’ynamasada, lekin yakunda jumboqning yechimini o’zi topadi.

Kapitan Artur Gastings

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kitobning o’zidayoq Puaro Belgiyada avvalroq tanishib qolgan kapitan Gastings bilan uchrashadi va ular do'st bo’lib qolishadi. Artur Gastings, shuningdek, Gerkul Puaro ishtirokidagi so'nggi kitob “Занавес”da mavjud bo’lib, u yerda u bosh qahramonga aylanadi va buyuk detektivning o'limidan keyin syujet sirini ochib beradi.

Artur Gastings - iste'fodagi harbiy, jasur hushyor jentlmen, o'z davri Angliyasining haqiqiy vakili; rivojlangan tasavvurga ega, Puaroning jasur va sodiq do'sti. U o’zini "ayollarni yaxshi tushunaman" deb hisoblaydi, lekin ko’pincha kutganidan boshqacha bo’lib chiqadi; deyarli har bir kitobda u hamdardlik va achinishdan tortib, oshiq bo'lish va hatto muhabbatgacha bo’lgan tuyg'ularni his qiladigan ayollarni uchratadi ("Убийство на поле для гольфа"). Puaro Gastingsni unchalik aqlli emas, ammo haqiqatga “qoqila olish” qobiliyati bilan foydali deb hisoblaydi.

"Безмолвного свидетеля" asarining oxirida kapitan Bob ismli kuchukga ega bo'ladi. Gastings yosh qo'shiqchi Dalsi Dyuvinga ("Убийство на поле для гольфа") turmushga chiqadi va u bilan Argentinaga jo'naydi, u yerda ikki o'g'il va ikki qizli bo’lishadi. Ba'zan u Angliyaga ish bilan yoki Puaronikiga tashrif buyurish uchun keladi. Uning rafiqasi “Занавеса” voqealaridan oldin vafot etadi va uning Judit ismli katta qizi paydo bo'ladi.

Ariadna Oliver

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ariadna Oliver Kristining deyarli barcha keyingi romanlarida Puaroga hamrohlik qiladi. U Gastingsning o‘rnini egallaydi va shu bilan birga an’anaviy detektivlik uslubini qo’llaydi: u tasodifan Puaroga to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradigan nimanidur gapirib qo’yadi. U ilk marta Puaro bilan "Карты на стол" romanida uchrashadi va Missis Oliver ishtirok etgan oxirgi kitob "Слоны умеют помнить" hisoblanadi.

Ellik oltidan ortiq romanlar yozgan detektiv yozuvchi Ariadna Oliver Agata Kristi uchun o'z-o'zinini karikaturasi edi. Uning bosh qahramoni Finn Sven Gerson adibaning allaqachon undan charchagan edi, ammo u o'quvchilar va nashriyotlarni xursand qilib, u haqida yozishda davom etardi. Puaro hech qachon uning asarlariga qiziqish bildirmagan. Ma’lumki, u spirtli ichimliklarni va ommaviy nutqni yomon ko’radi, lekin olmalarni xush ko'radi; soch turmagi, shlyapalari va kiyimlarni tez-tez o'zgartiradi.

Katta inspektor Jepp

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skotland-Yardning katta inspektori Jepp Puaro haqidagi deyarli barcha romanlarda mavjud. U odatda tergovchiga yordam berish uchun hech narsa qilmaydi, faqat rasmiy tekshiruv o'tkazadi. Birinchi marta "Таинственное происшествие в Стайлз" romanida paydo bo'ladi. U Puaro bilan Belgiyada tanishishadi. Ayrim asarlarda katta inspektorning asosiy roli fosh etilgan qotilni hibsga olish bilan cheklanadi. U paydo boʻlgan so'nggi roman - bu “Раз, два — пряжку застегни ”.

Miss Lemon Puaroning kotibasi bo’lib, hamma romanlarda ham uchramaydi. Miss Lemonning roli unchalik katta emas. Puaro detektiv agentligi bo’lgani kabi, kotibaga ham ega bo’lishi kerak albatta. U Puaroga nafaqat kotiba sifatida yordam beradi, ba’zida tergovlarda ham muhim rol o’ynaydi. Aqlli ayol.

Ehtimoliy namuna

[tahrir | manbasini tahrirlash]

A.Kristi o‘z yozib qoldirgan xotiralarida, yangi detektiv romani uchun bosh qahramonni o‘ylab topganida paytida, Birinchi jahon urushidan Torkiga qochib kelgan Belgiya aholisini yodga olganini yozadi, biroq u Puaro haqiqatdan mavjudligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma bermaydi:Andoza:Начало цитаты

«  "Nega men o’ylab topgan izquvar belgiyalik bo'lmasligi kerak?" - o'yladim men.  Qochqinlar orasidan istalgan odamni topish mumkin edi. Masalan, juda yosh bo’lmagan nafaqadagi sobiq politsiyachiga qanday qaraladi?  O'shanda qilgan xatoyim natijada mening izquvarim endi yuz yoshdan oshdi!

Page Andoza:Шаблон:Конец цитаты/styles.css has no content.

Агата Кристи, Автобиография

21-asrda iste'fodagi dengiz zobiti Maykl Klapp o'z oilasining tarixini o'rganar ekan, tasodifan buvisining yozuvlaridan Torkida abida bilan bir ko’chada yashagan, Herstalning Liege shaharchasidan bo’lgan, jandarm haqidagi ma’lumotga duch keladi[12]. Qochqinning ismi va yoshini, o'g'lining ismi va yoshidan kelib chiqqan holda Jak Jozef Amoire[12] ekanligini aniqlash mumkin edi, u 1858-yilda tug'ilgan va yosh Kristi bilan 1915-yil 6-yanvar kuni xayriya kechasida tanishgan[13].

Xronologik tartibdagi asarlar ro'yxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Коробка конфет / The Chocolate Box (hikoya) (hikoyada, “Gastings, Styles ishidagi qiyinchiliklarimizni eslaysizmi?”, gaplari mavjud, shuning uchun bu hikoyani oldingilardan deb bo’lmaydi)
  2. Загадочное происшествие в Стайлзе / The Mysterious Affair at Styles (roman)
  3. Похищение премьер-министра / The Kidnapped Prime Minister (hikoya)
  4. Наследство Лемезюрье / The Lemesurier Inheritance (hikoya)
  5. Дело на Балу победы / The Affair at the Victory Ball (hikoya)
  6. Исчезновение мистера Дэвенхейма / The Disappearance of Mr. Davenheim (hikoya) (1924)
  7. Плимутский экспресс / The Plymouth Express (hikoya)
  8. Загадка дешёвой квартиры / The Adventure of the Cheap Flat (hikoya)
  9. Чертежи субмарины / The Submarine Plans (hikoya)
  10. Исчезновение клэпемской кухарки / The Adventure of the Clapham Cook (hikoya)
  11. Корнуолльская тайна / The Cornish Mystery (hikoya)
  12. Трагедия в Марсдон-Мэнор / The Tragedy at Marsdon Manor (hikoya)
  13. Убийство в Хантерс-Лодж (Тайна охотничьего дома) / The Mystery of Hunter’s Lodge (hikoya)
  14. Месть фараона (Тайна египетской гробницы) / The Adventure of the Egyptian Tomb (hikoya) (1953)
  15. Переполох в отеле «Гранд Метрополитен» (Похищение драгоценностей в «Гранд Метрополитен») / The Jewel Robbery at the Grand Metropolitan (hikoya)
  16. Тайна Маркет-Бэйзинга / The Market Basing Mystery (hikoya)
  17. Король треф / The King of Clubs (hikoya)
  18. Тайна смерти итальянского графа (Убийство графа Фоскатини) / The Adventure of the Italian Nobleman (hikoya)
  19. Двойная улика / The Double Clue (hikoya)
  20. Приключение Джонни Уэйверли / The Adventure of Johnnie Waverly (hikoya)
  21. Пропавшее завещание / The Case of the Missing Will (hikoya)
  22. Затерянный прииск / The Lost Mine (hikoya)
  23. Кража в миллион долларов / The Million Dollar Bond Robbery (hikoya)
  24. Дама под вуалью/ The Veiled Lady (hikoya)
  25. Тайна «Звезды Запада» / The Adventure of «The Western Star» (hikoya) (1924)
  26. Убийство на поле для гольфа / The Murder on the Links (roman)
  27. Двойной грех / Double Sin (hikoya)
  28. Приключение рождественского пудинга / The Adventure of the Christmas Pudding [Boshqa nomi: The Theft of the Royal Ruby] (hikoya)
  29. Большая четвёрка / The Big Four (roman)
  30. Убийство Роджера Экройда / The Murder of Roger Ackroyd (roman)
  31. Тайна «Голубого поезда» / The Mystery of the Blue Train (roman)
  32. Квартира на четвёртом этаже / The Third Floor Flat (hikoya)
  33. Неудачник / The Under Dog (hikoya)
  34. Осиное гнездо / Wasps' Nest (hikoya)
  35. Тайна испанского сундука / The Mystery of the Spanish Chest [Ancha keyingi nashrdagi nomi: Тайна багдадского сундука / The Mystery of the Baghdad Chest] (hikoya)
  36. Загадка Эндхауза / Peril at End House (roman)
  37. Смерть лорда Эджвера / Lord Edgware Dies [Boshqa nomi: Thirteen at Dinner] (roman)
  38. Чёрный кофе / Black Coffee (pyrsa, Charlz Osborn tomonidan roman sifatida qayta ishlangan)
  39. Убийство в Месопотамии / Murder in Mesopotamia (roman)
  40. Убийство в «Восточном экспрессе» / Murder on the Orient Express [Boshqa nomi: Murder in the Calais Coach] (roman)
  41. Трагедия в трёх актах / Three Act Tragedy [Boshqa nomi: Murder in Three Acts] (roman)
  42. Смерть в облаках / Death in the Clouds [Boshqa nomi: Death in the Air] (roman)
  43. Что в садике растёт у Мэри? / How Does Your Garden Grow? (hikoya)
  44. Зеркало мертвеца / Dead Man’s Mirror [Boshqa nomi: Второй удар гонга / The Second Gong] (hikoya)
  45. Убийства по алфавиту / The A.B.C. Murders [Boshqa nomi: Alphabet murders] (roman)
  46. Безмолвный свидетель / Dumb Witness [Boshqa nomi: Poirot Loses a Client] (roman)
  47. Морское расследование / Problem at Sea (hikoya)
  48. Треугольник на Родосе / Triangle at Rhodes (hikoya)
  49. Невероятная кража / The Incredible Theft (hikoya)
  50. Убийство в проходном дворе / Murder in the Mews (hikoya)
  51. Карты на стол / Cards on the Table (roman)
  52. Смерть на Ниле / Death on the Nile (roman)
  53. Встреча со смертью / Appointment with Death (roman)
  54. Рождество Эркюля Пуаро/ Hercule Poirot’s Christmas [Boshqa nomlari: Murder for Christmas, A Holiday for Murder] (roman)
  55. Жёлтые ирисы / Yellow Iris (hikoya)
  56. Сон / The Dream (roman)
  57. Раз, два — пряжку застегни / One, Two, Buckle My Shoe [Boshqa nomlari: Overdose of Death, The Patriotic Murders] (roman)
  58. Печальный кипарис / Sad Cypress (roman)
  59. «Немейский лев» / «The Nemean Lion» (hikoya)
  60. «Лернейская гидра» / «The Lernaean Hydra» (hikoya)
  61. «Керинейская лань» / «The Arcadian Deer» (hikoya)
  62. «Эриманфский вепрь» / «The Erymanthian Boar» (hikoya)
  63. «Авгиевы конюшни» / «The Augean Stables» (hikoya)
  64. «Стимфалийские птицы» / «The Stymphalean Birds» (hikoya)
  65. «Критский бык» / «The Cretan Bull» (hikoya)
  66. «Кони Диомеда» / «The Horses of Diomedes» (hikoya)
  67. «Пояс Ипполиты» / «The Girdle of Hyppolita» (hikoya)
  68. «Стадо Гериона» / «The Flock of Geryon» (hikoya)
  69. «Яблоки Гесперид» / «The Apples of Hesperides» (hikoya)
  70. «Укрощение Цербера» / «The Capture of Cerberus» (hikoya)
  71. Зло под солнцем / Evil Under the Sun (roman)
  72. Двадцать четыре чёрных дрозда / Four and Twenty Blackbirds (hikoya)
  73. Пять поросят / Five Little Pigs [Boshqa nomi: Murder in Retrospect] (roman)
  74. Лощина / The Hollow [Boshqa nomi: Murder after Hours] (roman)
  75. Берег удачи / Taken at the Flood [Boshqa nomi: There Is a Tide] (roman)
  76. Миссис Макгинти с жизнью рассталась / Mrs McGinty’s Dead [Boshqa nomi: Blood Will Tell] (roman)
  77. После похорон / After the Funeral [Boshqa nomi: Funerals are Fatal] (roman)
  78. Хикори Дикори Док / Hickory Dickory Dock [Boshqa nomi: Hickory Dickory Death] (roman)
  79. Глупость мертвеца / Dead Man’s Folly (roman)
  80. Кошка среди голубей / Cat Among the Pigeons (roman)
  81. Часы / The Clocks (roman)
  82. Третья девушка / Third Girl (roman)
  83. Вечеринка в Хэллоуин / Hallowe’en Party (roman)
  84. Слоны могут помнить / Elephants Can Remember (roman)
  85. Занавес / Curtain (roman)
  86. Эркюль Пуаро и Путаница в Гриншоре/ (roman) bu novella hayratlanarli darajada chang bosgan arxivlarda 70 yil davomida qolib ketgan.

Пуаро ведёт следствие”, “Убийство в проходном дворе”, “Подвиги Геракла”, ”Приключение рождественского пудинга” va “Ранние дела Пуаро” kabi hikoyalar to’plamlari ham Erkyul Puaroga bag’ishlangan.

Puaroga bag'ishlangan asarlarida Agata Kristi ko'pincha britaniyaliklarning ksenofobiyasiga, ularning xorijliklarga nisbatan past nazar bilan qarash va dimog’dorlik kabi munosabatlariga kinoyali tarzda ishora qiladi. Erkyul Puaroning o'zi ham doimo xuddi shunday munosabatga duch keladi.

Odatda, buyuk Agata Kristining qalamiga mansub bo’lgan detektiv asarlar darhol chop etishga yuborilgan. Ammo “Эркюль Пуаро и Путаница в Гриншоре” nomli asar 70 yil davomida chang bosgan arxivlarda qolib ketgan. Mashhur detektiv Erkyul Puaroni uning uzoq yillik do'sti, detektiv yozuvchi Ariadne Oliver Devonshirdagi Greenshore-Housega zudlik bilan kelishini iltimos qilib qo’ng’iroq qiladi. Ma'lum bo'lishicha, uyda katta bayram rejalashtirilayotgan va uni "Qotil ovi" nomli qiziqarli o'yinni tashkil etishga taklif qilishgan. O'yin ishtirokchilari noaniq bo’lgan ishoralardan foydalangan holda, uy atrofidan mehmonlardan biri rolini o'ynayotgan "murdani" topishlari va "qotil" ni fosh qilishlari kerak edi. Ariadna Puarodan unga tashkilotchilikda yordam berishini iltimos qiladi va buyuk belgiyalik buni rad eta olmaydi. Ammo o'yin allaqachon avjiga chiqqan paytda ishtirokchilar "murdani" topishdi va uning haqiqiy ekanligi ma'lum bo'ldi! Shunday qilib, o'yin tugadi. Qotilning izidan esa Erkyul Puaroning o'zi turardi...

Sofi Xannaning kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Kristi asarlariga boʻlgan mualliflik huquqlarining katta qismi va qahramon sifatida Erkyul Puaro ustidan mualliflik huquqiga ega boʻlgan Agatha Christie Limited kompaniyasi yosh amerikalik adiba Sofi Xannaga Puaro haqida yangi roman yozishni taklif qilgani ma'lum bo'ldi va u rozi boʻlgan. Ayni paytda Xanna qalamidan Puaro haqidagi 3 ta detektiv roman chiqdi, ularda kapitan Gastings o'rniga voqealar rivojini o’z nomidan hikoya qilayotgan Skotland-Yard inspektori Edvard Ketchpul personaji taqdim etilgan. Barcha kitoblar Eksmo nashriyoti tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan.

  1. Эркюль Пуаро и Убийства под монограммой (inglizcha: The Monogram Murders) (2014).. Roman Agata Kristiga bag'ishlangan.
  2. Эркюль Пуаро и Шкатулка с секретом(inglizcha: Closed casket) Roman "Metyu va Jeyms Pritchard va butun oila, sevgi bilan" ga bag'ishlangan.
  3. Тайна трёх четвертей (inglizcha: The Mystery of Three Quarters) (2018). Roman “Menga ko‘p narsani o‘rgatish uchun ko‘p kuch sarflagan Faith Tilleray”ga bag‘ishlangan.

Kompyuter o'yini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izquvar xuddi shu nomdagi roman asosida yaratilgan Agatha Christie: Murder on the Orient Express(Agata Kristi: Убийство в “Восточном экспрессе”) (2006) o‘yinining bosh qahramoni. Erkyulga esa “Puaro” teleserialida ushbu rolni ijro etgan Devid Sushe ovoz bergan.

Puaro rolining ba’zi ijrochilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

thumb| Ostin Trevor 1931-yilda Puaro rolida

Puaro rolining birinchi ijrochisi. Birinchi marta “Убийство Роджера Экройда”romani asosida suratga olingan “Алиби” (1931) filmida paydo boʻlgan. Shuningdek, u "Чёрный кофе" va "Смерть лорда Эджвера" filmlarida rol ijro etgan. Trevorning qiyofasi adabiy na’munaning ko'rinishiga mos kelmaydi chunki uning mo'ylovi yo'q.

U 1974-yilda suratga olingan Убийство в „Восточном экспрессе“ filmida Puaro rolini ijro etgan. Film, xuddi Albert Finni singari, Oskarga nomzod boʻlgan, ammo mukofotlanmagan[14].

Piter Ustinov

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Piter Ustinov 1988 yilda “Свидание со смертью” filmidagi Puaro rolida.

Piter Ustinov detektiv haqida 6 ta filmda (1978-1988)suratga tushgan: “Смерть на Ниле”, “Зло под солнцем”, “Тринадцать за обедом”, “Загадка мертвеца”, «”Убийство в трёх актах” va “Свидание со смертью

left|thumb| Devid Sushe Puaro rolida Devid Sushe eng yaxshi Puaro deb hisoblanadi[15]. U yigirma besh yil davomida Agata Kristining Puaro teleserialidagi Puaro rolini ijro etdi. U hikoya va romanlar asosida suratga olingan 70 ta filmda suratga tushgan. Serial BAFTA mukofotining 5 ta nominatsiyasidan 4 tasiga loyiq deb topilgan, Kristofer Gunning esa serial va filmlar uchun bastalagan musiqasi uchun Ivor Novello mukofotiga nomzod boʻlgan. Devid Sushe ketma-ket uch yil (1989-yildan 1992-yilgacha) Puaro roli uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻlgan, lekin hech qachon unga sazovor bo’la ololmagan. Lekin Xyu Freyzer Gastings[16] roli uchun BAFTA mukofotiga sazovor bo’lgan.

U Puaro rolini ijro etishni o‘zi rejissyorlikУбийство в „Восточном экспрессе“ (2017)filmidan boshlagan. U rolni ijro etishni “Смерть на Ниле” romanining 2022-yilda ekranlashtirilgan filmida davom ettirdi.

  1. «Убийства по алфавиту». Глава 1.
  2. «Происшествие в Стайлз». Глава 5.
  3. «Пять поросят», Глава 7.
  4. «Мечта».
  5. «Ранние дела Пуаро», рассказ «Затерянный прииск».
  6. «Трагедия в трёх актах». Акт третий, глава пятнадцатая.
  7. Создание первого романа.
  8. 8,0 8,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  9. Thomas Lask.. „Hercule Poirot Is Dead; Famed Belgian Detective“ (inglizcha). The New York Times (6-avgust 1975-yil). Qaraldi: 16-avgust 2019-yil.
  10. Агата Кристи. Убийство на поле для гольфа (Wayback Machine saytida 13-noyabr 2012-yil sanasida arxivlangan) (Библиотека OCR Альдебаран).
  11. Трагедия в трёх актах. Последняя глава.
  12. 12,0 12,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  13. Исследователи установили личность предполагаемого прототипа Эркюля Пуаро // ИТАР-ТАСС.
  14. Фильмы об Эркюле Пуаро Фильм «Убийство в Восточном экспрессе».
  15. О Дэвиде Суше.
  16. О сериале «Пуаро Агаты Кристи».
  • Богатырёв А. В.. Энциклопедия Эркюля Пуаро. М.: Издательство «Перо», 2021. ISBN 978-5-00189-026-3. 
  • Кристи, Агата.. Врата судьбы: Роман; Занавес: Роман; Забытое убийство: Роман; рассказы // Собрание сочинений в 20 томах. М.: Артикул-Принт, 2003. ISBN 5-93776-029-8. 
  • Кристи, Агата. Автобиография // Собрание сочинений / Пер. с англ., сост. А. Титов. М.: Артикул-принт, 2003 — 656-bet. ISBN 5-93776-029-8. 
  • Кристи, Агата; Карран, Джон.. Секретный архив Агаты Кристи. М.: Эксмо, 2010. ISBN 978-5-699-42753-6. 
  • Морган, Джанет.. Жизнь Дамы Агаты: Биография // Агата Кристи. Собрание сочинений. М.: Артикул-принт, 2002. ISBN 5-93776-026-3. 
  • Кристи, Агата.. Библиография произведений А. Кристи, изданных на русском языке // Таинственное происшествие в Стайлз: Романы. Рассказы. Красноярск: Книжное издательство, 1990 — 456—459-bet. ISBN 5-7479-0172-9.