Kontent qismiga oʻtish

Gastrit

Vikipediya, erkin ensiklopediya
KXK-10 K29.0—K29.7
KXK-9 535.0535.5

Gastrit (lotincha: gastritis, qadimgi yunoncha: γαστήρ gaster „oshqozon“ + -itis „yalligʻlanish“) — oshqozon shilliq qavatidagi paydo boʻladigan yalligʻlanish yoki distrofik oʻzgarishlar. Kasallik ushbu aʼzo vazifalarining buzilishiga olib keladi, shuningdek epiteliya hujayralarining atrofiyasi rivojlanib ularni oʻrniga biriktiruvchi toq’imalar rivojlanadi.

Helicobacter pylori gastriti bilan ogʻrigan bemorning oshqozon shilliq qavatining gistologik koʻrinishi

Kasallikning rivojlanishi oshqozonning asosiy funksiyalariga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Birinchi navbatda sekretor funksiyasining buzilishiga olib keladi. Statistiklarning fikriga koʻra butun dunyo aholisining yarmida gastrit kuzatiladi. 2013-yilda 90 millionga yaqin yangi holatlar qayd etilgan. Kasallikga chalinish ehtimoli yosh oʻtgan sari yuqorilab boradi.

Gastrit ham boshqa kasalliklar kabi, oʻtkir va surunkali shakllari farq qiladi.

Gastrit morfologik tashxis boʻlib, klinik ekvivalentga ega boʻlmasligi va asemptomatik boʻlishi ham mumkin. Klinik tashxis, bemor tomonidan qilingan shikoyatlar, funksional dispepsiya tashxisiga mos keladi. Bemorda epigastral ogʻriq sindromi yoki postprandial distress sindromi kuzatilsa tashxis aniq qoʻyilgan boʻladi.

Biopsiyaning morfologik tekshiruv natijalarini koʻrmasdan surunkali gastrit tashxisini qoʻyish mumkin emas, chunki surunkali gastrit potentsial saraton kasalligi boʻlib, bunday bemorlar guruhi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.

Oʻtkir gastrit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshqozonga taʼsir qiladigan dori vositalari (aspirin va boshqa NYQPlar), zararli ichimliklar (alkogol, meʼyoridan ortiq gazli ichimliklar ichish) hazmi qiyin boʻladigan yeguliklar (yogʻli, tuzlangan, marinadlangan, dudlangan) taʼsiri natijasida rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari oʻtkir gastrit toksikoinfeksiyalar fonida (salmonellyoz), buyrak va jigar yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda ham rivojlanishi kuzatilgan.

Oshqozon shilliq qavatining shikastlanishining klinik koʻrinishi va tabiatiga qarab, oʻtkir gastritning: kataral, fibrinoz, nekrotik va flegmonoz koʻrinishlari farqlanadi

Kataral gastrit (lotincha: gastritis catarrhalis, sin. oddiy gastrit, banal gastrit) koʻpincha oziq-ovqat zaharlanishi va notoʻgʻri ovqatlanish natijasida paydo boʻladi. Leykotsitlarning oshqozon shilliq qavatiga infiltratsiyasi, oshqozon shilliq qavatining yalligʻlanishi, giperemiyasi va epiteliyadagi degenerativ oʻzgarishlar bilan kzuatiladi.

Fibrinozli gastrit (lotincha: gastritis fibrinosa, sin. difterit gastrit) kislotalar bilan zaharlanishda sublimatsiya yoki ogʻir yuqumli kasalliklar tufayli paydo boʻladi. Oʻtkir fibrinozli gastrit oshqozon shilliq qavatining difteritik yalligʻlanishi bilan namoyon boʻladi.

Nekrozli gastrit (lotincha: gastritis corrosiva, sin. korroziv gastrit, toksik-kimyoviy gastrit) konsentrlangan kislotalar yoki ishqorlar, ogʻir metallarning tuzlari oshqozonga kirishi tufayli yuzaga keladi. Korroziv gastrit oshqozon toʻqimalarida nekrotik oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi.

Flegmonoz gastritning sabablari (lotincha: gastritis phlegmonosa) — oshqozon yarasi yoki oshqozon saratonidan keyingi shikastlanish oqibatida vujudga keladi. Kasallik oshqozon devorlarining yiringli atrofiyasi bilan kuzatiladi.

Surunkali gastrit

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali gastritning Xyuston tasnifi :

gastrit A — autoimmun ; hujayralardagi oqsillarning antigenik xususiyatlarining paydo boʻlishi tufayli oshqozonning parietal hujayralarida antitelalar shakllanishi bilan tavsiflanadi. Gastritning bu turi xavfli anemiya bilan birga keladi.

gastrit B — bakterial ; Helicobacter pylori bilan zararlanish tufayli yuzaga keadi. Surunkali gastritning 90 % holatlarida B tipdagi gastrit kuzatiladi.

gastrit C — reflyuksli gastrit; safro kislotalari va lizoletsitinning oshqozonga qaytishi tufayli yuzaga chiqadi.

Gastritning boshqa klinik shakllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

eozinofil

limfotsitik

granulomatoz (Kron kasalligida)

radiatsion

Surunkali gastritning etiologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali gastritning paydo boʻlishi va rivojlanishi koʻplab omillarning oshqozon shilliq qavatiga taʼsiri bilan belgilanadi. Surunkali gastritning paydo boʻlishiga yordam beradigan asosiy tashqi (ekzogen) etiologik omillar:

eng muhimi — oshqozonning Helicobacter pylori va boshqa bakteriyalar yoki zamburugʻlar bilan zararlanishi;

yomon odatlar: alkogolizm va chekish ;

oshqozon shilliq qavatini zararlash xususiyatiga ega boʻlgan dori darmonlar, ayniqsa glyukokortikoid gormonlar va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni uzoq muddatli qoʻllash;

radiatsiya va kimyoviy moddalarning shilliq qavatiga taʼsir qilishi;

parazitar invaziyalar (opistorxoz, giardiasis va boshqalar);

surunkali stress[1].

Surunkali gastritning paydo boʻlishiga yordam beradigan ichki (endogen) omillar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

genetik moyillik;

duodenogastral reflyuks ;

oshqozon hujayralariga zarar netkazadigan autoimmun jarayonlar

endogen intoksikatsiyalar;

gipoksiya;

surunkali yuqumli kasalliklar;

metabolik kasalliklar;

endokrin disfunksiyalari;

vitamin yetishmasligi;

boshqa taʼsirlangan organlardan oshqozonga refleks taʼsiri.

PET tekshiruvida aniqlangan gastrit

Tadqiqotlar gastrit rivojlanishida baʼzi oziq-ovqatlar, jumladan, achchiq ovqatlar va qahvaning taʼsiri minimum darajada ekanligini koʻrsatgan.

Helicobacter pylori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Helicobacter pylori qoʻzgʻatadigan gastrit patogenezining sxematik koʻrinishi: 1) Helicobacter pylori oshqozonidagi shilliq qavat orqali kirib, epiteliy hujayralariga yopishadi; 2) bakteriyalar karbamidning ammiakga aylanishini katalizlaydi, oshqozonning kislotali muhitini neytrallaydi; 3) koʻpayish, migratsiya qilish va yuqumli markazni shakllantiradi; 4) shilliq qavatning buzilishi, epiteliy hujayralarining yalligʻlanishi va nobud boʻlishi natijasida oshqozon yarasi hosil boʻladi.

20-asrning ikkinchi yarmida ilgari nomaʼlum boʻlgan omil aniqlandi, bu bugungi kunda surunkali gastrit etiologiyasida birinchi oʻrinda turadigan Helicobacter pylori hisoblanadi.

Helicobacter pylori — bu oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakning turli joylaridagi grammmanfiy bakteriya hisoblanadi . Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit, duodenit va, ehtimol, oshqozon limfomasi hamda oshqozon saratonining baʼzi holatlari etiologik jihatdan Helicobacter pylori infektsiyasi bilan bogʻliq. Oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak kasalliklarining rivojlanishida Helicobacter pylori rolini kashf etganlardan biri — Barri Marshalldir. 2005-yilda Barri Marshall va uning hamkasbi Robin Uorren kashfiyotlari uchun tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan[2].

Biroq, Helicobacter pylorini yuqtirgan tashuvchilarning koʻpchiligi (90 % gacha) kasallikning hech qanday alomatlarini koʻrsatmaydi.

Klassifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Topografik jihatdan:

  • oshqozon antral qismining gastriti (pyloroduodenit);
  • oshqozon tubining gastriti (oshqozon tanasi);
  • pangastrit (umumiy)

Shilliq qavatning endoskopik koʻrinishiga koʻra[3]

  1. norma yoki chegara oʻzgarishi
  2. subatrofik gastrit
  3. atrofik gastrit (katta, kichik oʻchoqli)
  4. gipertrofik (tugunli, polipoid)

Surunkali gastrit va funksional dispepsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshqozon shilliq qavatining doimiy tarkibiy oʻzgarishi bilan namoyon boʻladigan surunkali gastrit koʻpincha klinik belgilari kuzatilmaydi. Gʻarb mamlakatlarida „surunkali gastrit“ tashxisi kamdan-kam hollarda qoʻyilgan, shifokor odatda kasallikning belgilariga eʼtibor qaratgan va uning asosida „funksional dispepsiya“ atamasini qoʻllashadi. Rossiyada, aksincha, „funksional dispepsiya“ tashxisi juda kamdan-kam hollarda qoʻllanadi, „surunkali gastrit“ tashxisidan koʻp foydalanishadi. Oshqozon saratoni bilan kasallanish eng yuqori boʻlgan Yaponiyada „surunkali gastrit“ va „funksional dispepsiya“ diagnostikasi birlashtirilib, bu oshqozon shilliq qavatida oʻzgarishlar mavjudligi yoki yoʻqligi ular bilan bogʻliq klinik belgilar mavjudligini koʻrsatadi.

Klinik koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali gastrit klinik jihatdan ham mahalliy, ham umumiy buzilishlar bilan namoyon boʻladi.

Mahalliy buzilishlar dispepsiya belgilari bilan tavsiflanadi (ogʻirlik va bosim hissi, epigastral mintaqada toʻliqlik hissi, ovqatlanish paytida yoki ovqatdan keyin koʻp oʻtmay ogʻirlikning paydo boʻlishi yoki kuchayishi, qichishish, koʻngil aynishi, ogʻizda yoqimsiz taʼm, epigastriumda kuyish hissi. Ushbu koʻrinishlar koʻpincha surunkali antral gastritning maʼlum shakllarida yuzaga keladi, bu esa oshqozondan evakuatsiyaning buzilishiga olib keladi, intragastrik bosim ortishi, gastroezofagial reflyuksning kuchayishi ham kuzatiladi. Oshqozon tanasining surunkali gastritida belgilar kamdan-kam uchraydi va asosan epigastral mintaqada ovqat paytida yoki undan keyin qisqa vaqt ichida paydo boʻladigan ogʻirlik darajasi kuzatiladi.

Helicobacter pylori bilan bogʻliq surunkali gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda uzoq vaqt davomida oshqozonning sekretor funksiyasi kuchayishi bilan yuzaga keladi, defekatsiya buzilishi koʻrinishidagi „ichak“ dispepsiya belgilari paydo boʻlishi mumkin.

Surunkali gastrit diagnostikasi bosqichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinik diagnostika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

bemorning shikoyatlari, anamnezlari, bemorni maʼlumotlari tahlil qilinadi, taxminiy tashxis qoʻyiladi va instrumental tekshirishning rejasi tuziladi. Majburiy biopsiya bilan endoskopik diagnostika — mavjudligi Helicobacter pylori, oshqozon shilliq qavatidagi oʻzgarishlarning tabiati va lokalizatsiyasi, oshqozon shilliq qavatida saraton oldi oʻzgarishlar mavjudligi yoki yoʻqligi aniqlanadi. Biopsiya uchun kamida 5 ta boʻlak olinadi (2 tasi antral qismdan, 2 tasi oshqozon tanasidan, 1 tasi oshqozon burchagidan).

Nafas olish diagnostikasi — Helicobacter pylori mavjudligiga taxmin qilinganda.

Laboratoriya — Umumiy qon tahlili, biokimyoviy qon testi, klinik siydik tahlili, najasning klinik tahlili, najasda yashirin qon testi, Helicobacter pylori infeksiyasi tekshiriladi

Jigar, oshqozon osti bezi, oʻt pufagining ultratovush tekshiruvi — oshqozon-ichak traktining qoʻshimcha kasalliklarini aniqlash uchun.

Intragastrik pH-metriya — oshqozon-ichak traktining kislotaga bogʻliq kasalliklarida sekretsiya holatini aniqlash va funktsional buzilishlarni tashxislash.

Elektrogastroenterografiya — bu oʻn ikki barmoqli ichak reflyuksini aniqlash uchun oshqozon-ichak traktining motor-evakuatsiya funksiyasini oʻrganish.

Manometriya yuqori oshqozon-ichak trakti, bu reflyuks gastritining mavjudligi yoki yoʻqligini aniqlaydi (oʻn ikki barmoqli ichakdagi normal bosim 80-130 mm suv ustuni, reflyuksli gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda 200-240 mm suvgacha koʻtariladi. Art.).

Duodenal zondlash — jigarda parazitlarning izlarini aniqlash.

Medikamentoz(dorilar) davolash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda etiologik davolash sifatida H. pylori infeksiyasi uchun ijobiy test natija berganda eradikatsiya terapiyasi oʻtkaziladi[4].

Atrofik gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda atrofiya rivojlanishining oldini olish uchun ham eradikatsiya terapiyasini oʻtkaziladi[4][5].

Eroziv gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda, shu jumladan nosteroid yalligʻlanishga qarshi dorilarni qabul qilish tufayli paydo boʻlgan, eroziyalarni davolashga erishish uchun proton pompasi ingibitirleri yoki rebamipid bilan terapiya oʻtkaziladi.

Shilliq qavatning himoya xususiyatlarini kuchaytirish uchun surunkali gastrit, shu jumladan atrofik bilan ogʻrigan bemorlarda vismut preparatlari bilan davolanadi[4].

Surunkali gastrit va dispepsiya belgilari boʻlgan bemorlarda proton pompasi ingibitirlari bilan davolash, shu jumladan funksional dispepsiya bilan birgalikda simptomatik davolashni oʻtkazish maqsadga muvofiq[4].

Endoskopik davolash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Displaziyaning endoskopik koʻrinadigan patologik joylari aniqlanganda surunkali gastrit bilan ogʻrigan bemorlarda endoskopik en-blok rezektsiyas oʻtkaziladi.


  1. Белоусов Ю. В., Скумин В. А.. Психотерапия в детской гастроэнтерологии. Учебное пособие, 1000 экз, Москва: Центральный ордена Ленина институт усовершенствования врачей, 1987.  (Wayback Machine saytida 2013-05-25 sanasida arxivlangan)
  2. „The Nobel Prize in Physiology or Medicine 2005“ (en). Нобелевский комитет (2005). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-may.
  3. „К ЭНДОСКОПИЧЕСКОЙ КЛАССИФИКАЦИИ ХРОНИЧЕСКИХ ГАСТРИТОВ“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 {{{заглавие}}}.
  5. {{{заглавие}}}.