Kontent qismiga oʻtish

Eduardo Camavinga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eduardo Camavinga
Camavinga, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eduardo Celmi Camavinga[1]
Tavallud sanasi 10-noyabr 2002-yil (2002-11-10) (22 yosh)[2]
Tavallud joyi Kabinda, Angola
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2013 Drapeau-Fougères
2013—2018 Renn
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2019 Renn B 13 (4)
2019—2021 Renn 71 (2)
2021- Real Madrid 26 (2)
Milliy terma jamoa
2019- Fransiya U21 13 (2)
2020- Fransiya 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-iyun uchun)

Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilgan, Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.

Camavinga 2002-yilda Angolaning Kabinda shahridagi qochqinlar lagerida kongolik er-xotindan dunyoga kelgan[4][5]. Uning beshta ukasi bor. Ikki yoshida oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Ular Fujerga koʻchib oʻtishadi, Camavinga shu yerda voyaga yetadi. U bir muddat dzyudo bilan shugʻullangan, keyinchalik faqat futbolga eʼtibor qaratish uchun mashgʻulotlarni tark etgan. 2013-yilda Kamavingalarning uyi yonib, oilaning koʻp mol-mulki vayron boʻlgan; Eduardoning taʼkidlashicha, bu uni futboldagi karyerasini davom ettirishga undagan motivatsiya manbayi boʻlgan[6].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Camavinga 11 yoshida Rennning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2018-yilning 14-dekabrida, 16 yosh-u bir oyligida imzoladi va klubning eng yosh futbolchisiga aylandi[7]. 2019-yilning 6-aprelida Liga 1 doirasida „Anje“ga qarshi 3-3 hisobida yakunlanga oʻyinda „Renn“ safida debyut qildi[8] va 16 yos-hu 6 oyligida „Renn“ning asosiy jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi[9].

2019-yil 18-avgust kuni Kamavinga Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[10]. U „Renn“ safidagi ilk golini 2019-yilning 15-dekabrida, „Lion“ga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida (1:0) kiritdi[11].

2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Renn“ safida „Krasnodar“, "Chelsi" va „Sevilya“ga qarshi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi[12].

2021-yilning 31-avgust kuni "Real Madrid" Kamavinga bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[13][14]. 2021-yil 12-sentyabrda Vigoning „Selta“ klubi ustidan yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va zaxiradan maydonga tushganidan koʻp oʻtmay gol urdi. Uch kundan soʻng, 2021-yil 15-sentabrda u „Real Madrid“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini oʻtkazdi, 80-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi va „Inter“ga qarshi oʻyindagi gʻalaba golida Rodrigoga assistentlik qildi[15]. Kamavinga 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va „Real Madrid“ safida"Liverpul " ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi[16].

Xalqaro maydondagi faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 5-noyabrda Kamavinga Fransiya fuqaroligini oldi[17]. Olti kun oʻtib, Matt32eo Guendouzi kattalar jamoasiga chaqirilgandan soʻng, u Gruziya va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda Fransiyaning U21 terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun chaqirildi[18].

2020-yilning 27-avgustida Pol Pogba COVID-19 testi bilan safdan chiqqanidan keyin Kamavinga Fransiyaning milliy terma jamoasiga chaqiridi. Natijada Rene Jerarddan (1932-yil, 17 yosh) keyin Fransiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylandi, oʻshanda endigina 17 yosh, 9 oy va 17 kunlik edi[19]. 8-sentyabr kuni u UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida NʼGolo Kantening oʻrniga maydonga tushdi[20]. Bu bilan u Moris Gastigerdan (1914-yil) keyin 17 yosh, 9 oy va 29 kunligida Fransiya terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi[21].

2020-yil 7-oktyabrda Kamavinga Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini Ukrainaga qarshi 7:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi va u oʻzining birinchi xalqaro golini urib, tepadan zarbasi bilan hisobni ochdi. Bu uni 1914-yilda Moris Gastigerdan keyin Fransiya terma jamoasi safida eng yosh toʻpurarga aylantirdi[22]

2021-yil 25-iyunda Kamavinga Silven Ripollning 2021-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasining 18 kishilik tarkibiga kiritildi[23]. Ammo keyinroq klubi eʼtiroz bildirgach jamoadan chetlatildi[24].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar safida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 28-maygacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Renn B 2018-19 Milliy chempionat 3 13 4 13 4
Renn 2018-19 Liga 1 7 0 0 0 0 0 0 0 7 0
2019-20 Liga 1 25 1 5 0 1 0 4 0 1 0 36 1
2020-21 Liga 1 35 1 0 0 4 0 39 1
2021-22 Liga 1 4 0 0 0 2 0 6 0
Jami 71 2 5 0 1 0 10 0 1 0 88 2
Real Madrid 2021-22 La Liga 26 2 3 0 10 0 1 0 40 2
Karyera jami 110 8 8 0 1 0 20 0 2 0 141 8

Xalqaro maydonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 14-oktabrgacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Fransiya 2020 3 1
Jami 3 1

Real Madrid

Individual

  • UNFP Liga 1 Oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil avgust[29]
  • IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi: 2020[30], 2021[31]
  1. „Acta del Partido celebrado el 12 de septiembre de 2021, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 12 September 2021, in Madrid] (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2021-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
  2. „Eduardo Camavinga: Overview“. ESPN. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
  3. „Camavinga“. Real Madrid CF. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
  4. „Precocious Camavinga showing promise and progress“ (inglizcha). FIFA (9-sentabr 2020-yil).
  5. „VIDÉO. Football : Eduardo Camavinga, la pépite de Fougères qui vient de signer pro au Stade Rennais“. actu.fr.
  6. „Eduardo Camavinga is only 16 but his form for Rennes has top European scouts circling“. ESPN (25-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
  7. „Premier contract Professionnel pour Eduardo Camavinga“ (fransuzcha). staderennais.com. Stade Rennais F.C. (14-dekabr 2018-yil). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
  8. „Angers SCO vs. Rennes – 6 April 2019“. Soccerway (6-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
  9. „Rennes Sensation Eduardo Camavinga Is a New Kind of 16-Year-Old Footballer“. bleacherreport.com. Bleacher Report (7-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
  10. „Eduardo Camavinga: Angola youngster reacts after helping Rennes stun PSG“. Goal (website) (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 18-avgust 2020-yil.
  11. „Rennes Beat Lyon“. Bleacher Report (15-dekabr 2019-yil).
  12. „Eduardo Camavinga: You’ve heard the name, here’s why Europe’s top clubs want him“. The Athletic (25-aprel 2021-yil).
  13. „Official Announcement: Camavinga“. Real Madrid. Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  14. „Eduardo Camavinga : du Roazhon Park à Bernabéu !“. staderennais.com. Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  15. „Real Madrid: Eduardo Camavinga’s assist for the winner against Inter shows wisdom beyond his years“. therealchamps.com. therealchamps.com. Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
  16. „Camavinga labels Real Madrid's Champions League triumph a 'dream come true'“. uk.sports.yahoo.com.
  17. „Rennes : Eduardo Camavinga a été naturalisé is Ecuadorian français“ (fransuzcha). L'Équipe (5-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2019-yil.
  18. „Eduardo Camavinga (Rennes) officiellement convoqué en équipe de France Espoirs“ (fransuzcha). L'Équipe (11-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  19. „Eduardo Camavinga devient le plus jeune joueur appelé en équipe de France depuis l'après-guerre...“ (fransuzcha). France Football (27-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  20. „France 4–2 Croatia“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  21. „Eduardo Camavinga plus jeune international français depuis 1945“ (fransuzcha). L'Équipe. Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
  22. „Eduardo Camavinga plus jeune buteur des Bleus depuis 1914“ (fransuzcha). L'Équipe. Qaraldi: 8-oktabr 2020-yil.
  23. „THE LIST FOR THE TOKYO GAMES“ (fransuzcha). French Football Federation (25-iyun 2021-yil).
  24. De Cosemo, Harry. „Tokyo 2020: Olympic men's football players to watch“. BBC Sport (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
  25. 25,0 25,1 Eduardo Camavinga Soccerway saytida
  26. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  27. „Acta del Partido celebrado el 16 de enero de 2022, en Prince Bandar Ibn Abd Al Aziz, Riad, 13233, Arabia Saudí“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
  28. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  29. „EDUARDO CAMAVINGA, JOUEUR DU MOIS D'AOÛT DE LA LIGUE 1 CONFORAMA !“ (fransuzcha). UNFP (16-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
  30. „IFFHS“. www.iffhs.com.
  31. „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. iffhs.com. International Federation of Football History & Statistics (9-dekabr 2021-yil). 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2021-yil.