Kontent qismiga oʻtish

Chichester

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chichester (/ˈɪɪstər/)[1] — Angliyaning Gʻarbiy Sussexdagi sobor shahri va fuqarolik cherkovi joylashgan uncha katta boʻlmagan shaharcha[2]. Bu Gʻarbiy Sussex va uning okrugidagi yagona shahar. U Rim va Anglo-Saksonlarning asosiy aholi punkti va oʻsha davrlardan, oʻrta asrlardan to hozirgi kungacha boʻlgan yirik bozor shahri edi. Chichesterda 12-asrga oid sobor va Angliyaning Chichester yeparxiyasi cherkovining qarorgohi joylashgan.

Shaharda ikkita asosiy suv oqimi bor: Chichester kanali va Lavant daryosi. Lavant daryosi shaharning janubiy tomon oqib oʻtadi, asosan shahar markaziga yaqin joyda suv maxsus oʻtkazgichlar oʻrnatilgan.

Chichesterga aylangan shahar rimliklarning bu yerga kelishidan oldin ham aholi punkti boʻlgani haqida hech qanday dalillar mavjud emas[3]. Chichester atrofidagi hudud miloddan avvalgi 43-yilda Rim bosqini paytida muhim rol oʻynagan deb hisoblaniladi, buni yaqin atrofdagi Fishbourne Rim saroyi hududidan topilgan harbiy omborxonalarning qoldiqlari ham tasdiqlagan[4]. Shahar markazi Civitas Reginorum poytaxti, Romano-Britaniyaning Noviomagus Reginorum shahri poydevori asosida tashkil topgan[5][6]. Shaharni London bilan bogʻlaydigan Stane-streetning Rim yoʻli sharqiy darvozadan, Chichesterdan Silchestergacha boʻlgan yoʻl esa shimoliy darvozadan boshlangan. Shahar rejasi rimliklardan meros boʻlib qolgan: Shimoliy, Janub, Sharqiy va Gʻarbiy savdo koʻchalari oʻrta asrlarga oid markaziy bozor koʻchalaridan ajralib turadi.

Asl Rim shahar devori boʻylab 6 12 fut (2.0 m) lik tik ariq (keyinchalik u Lavant daryosini burish uchun ishlatilgan) qurilgan. U bir yarim ming yildan koʻproq vaqt davomida saqlanib qolgan, ammo keyin uning oʻrniga ensizroq gruzin devori qurilgan.

Shahar, shuningdek, yangi avtoturargoh qurilishini boshlaganda, Tower koʻchasidan baʼzi Rim hamomlarining qoldiqlari topilgan. 2012-yil 8-iyulda hamomlarni saqlaydigan Novium muzeyi ochilgan.

Amfiteatr shahar devorlari tashqarisida, Sharqiy darvoza yaqinida, taxminan miloddan avvalgi 80-yillarda qurilgan. Hudud hozir parkga aylantirilgan, ammo amfiteatr joylashgan joy taxminan oval shaklidagi qumloq qirgʻoq sifatida saqlanib qolingan. Parkda oʻrnatilgan eʼlonlar taxtasida qoʻshimcha maʼlumotlar berilgan.

2017-yil yanvar oyida yer osti radarlaridan foydalangan arxeologlar Rim shaharchasi va qoʻshimcha binoning nisbatan yaxshi saqlangan birinchi qavati topilgani haqida xabar berishgan. Priory Park monastirga tegishli boʻlgan va Rim davridan beri qayta qurilmagan[7].

AR penny, Chichesterda Buyuk Knut davrida 1024-va 1030-yillarda zarb qilingan.
red brick building, colonaded at ground level with white pillars at the front above
Kengash uyi, Shimoliy koʻcha, shahar kengashining shtab-kvartirasi
three and four storey Georgian-style red brick building with eleven central bays and two wings, with trees and lawns in the foreground
County Hall, Chichester, Gʻarbiy Sussex okrug kengashining bosh qarorgohi

Tarixiy jihatdan, Chichester shahri erkin boʻlgan[8], shuning uchun, shahar asosan oʻzini-oʻzi boshqargan. Garchi u oʻzining shahar maqomini saqlab qolgan boʻlsa-da, 1888-yilda u baʼzi vakolatlarni Gʻarbiy Sussex maʼmuriy okrugiga oʻtkazib, munitsipal tumanga aylantirilgan. 1974-yilda munitsipalitet okrugi ancha katta Chichester tumanining bir qismiga aylangan. Shahar kengashi bor[9], lekin u faqat cherkov kengashi vakolatlariga ega. Xizmatlarni nazorat qilish asosan Chichester tuman kengashi va Gʻarbiy Sussex okrugi kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Shahar Kengashi yigirmata saylangan aʼzodan iborat boʻlib, shaharning toʻrtta boʻlimiga — Shimoliy, Janub, Sharqiy va Gʻarbiy boʻlimlarga boʻlingan[10].

Shimoliy koʻchadagi Kengash uyi 1731-yildan buyon faoliyat yuritadi[11], bundan oldin City Corporation jamiyati Chichester Guildhallda faoliyat olib borgan. Oʻzining kengash idoralaridan tashqari, Chichester okrugi va Gʻarbiy Sussex okrugi kengashi ham shahar hududida joylashgan.

Shahar erkinligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi odamlar va tashkilotlar Chichester shahri erkinligga maʼsul boʻlishgan:

  • 1951-yil — Qirollik Sussex polki[12][13]
  • 1960-yil — R.A.F. Tangmere[14]
  • 1981-yil — Qirollik harbiy politsiyasi[12]
  • 2000-yil — Gʻarbiy Sussex oʻt oʻchirish brigadasi
  • 2008-yil — 47-polk qirollik artilleriyasi
  • 2008-yil — Rahmatli Richmond gertsogi
  • 2013-yil — Muhtaram Nicholas Frayling
  • 2018-yil — Mayor Tim Peake CMG[15][16][17]
  • 2021-yil — Philipp Jackson CVO DL[18]
  • 2023-yil – Rodney Duggua[19]
  • 2023-yil – Roger Gibson[19]
Chichester Marina

Shaharda sayyohlik sanoati mavjud[20]. Bu hududda tegishli sanoat korxonalari bilan bir qatorda bir nechta qayiqlar turargohlari ham joylashgan. Hukumat tomonidan yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bu hududda davlat sektorida (shuningdek, turizm va dam olish sohalarida) koʻplab ish oʻrinlari mavjud boʻlib, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda[21].

Davlat xizmatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chichesterdagi hududiy politsiyani Sussex politsiyasi boshqarib boradi[22][23]. Politsiya va jinoyat boʻyicha komissari Katy Bourne[24]. Qonuniy favqulodda yongʻin va qutqaruv xizmati Northgateda oʻz stantsiyaga ega boʻlgan Gʻarbiy Sussex yongʻin va qutqaruv xizmati tomonidan amalga oshiriladi[25].

Spitalfield yoʻlidagi Saint-Richard kasalxonasi oʻrta oʻlchamdagi NHS kasalxonasi boʻlib, universitet kasalxonalari Sussex NHS Foundation Trust tomonidan boshqariladi[26]. Janubi-Sharqiy qirgʻoq tez tibbiy yordam xizmati ushbu muassasaga qarashli va tez tibbiy yordamda keltiriladigan bemorlarni ayni shu yerga eltish bilan shugʻullanadi. Nuffield Health shahardagi xususiy shifoxonani boshqaradi[27].

Chichesterning elektr energiyasini taqsimlash tarmogʻi operatori Scottish and Southern Electricity Networks boshqarmasi, gaz uchun esa SGN maʻsul hisoblanadi[28]. Portsmouth suvi Chichesterni ichimlik suvi bilan taʼminlaydi, Southern Water boshqarmasi esa shahar oqava suvlarini nazorat qiladi[29][30].

  1. „Chichester“. Collins English Dictionary. HarperCollins. 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  2. OS Explorer map 120: Chichester, South Harting and Selsey Scale: 1:25 000.
  3. „The City of Chichester: Historical introduction - British History Online“. www.british-history.ac.uk. 2018-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  4. Manley, John. AD43: The Roman Invasion of Britain. Tempus Publishing, 2007 — 111–128-bet. ISBN 978-0-7524-1959-6. 
  5. „Ptolemy's Geography - Book II, Chapter 2“. penelope.uchicago.edu. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  6. „Britannia in the Ravenna Cosmography“. www.kmatthews.org.uk. 2003-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  7. „Chichester Roman houses found under Priory Park“ (2017-yil 26-yanvar). 2017-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-yanvar.
  8. „The City of Chichester: Historical introduction - British History Online“. www.british-history.ac.uk. 2018-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  9. „Chichester City Council - The Parish Council for the City of Chichester“. chichestercity.gov.uk. 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  10. „City councillors“. Chichestercity.gov.uk (2007-yil 16-may). 2009-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyul.
  11. „Chichester City Council: The Council House“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  12. 12,0 12,1 „Barracks History“. The Royal Sussex Living History Group. 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  13. „Soldiers to exercise freedom of Chichester city“. Chichester Observer (2013-yil 16-iyul). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  14. „National Archives: RAF Tangmere: Freedom of City of Chichester“. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  15. „REGIONAL: Tim Peake given freedom of city“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  16. „VIDEO: Astronaut Tim Peake praises Chichester as he receives Freedom of the City“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  17. „Archived copy“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  18. „Famed sculptor handed Freedom of the City award“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  19. 19,0 19,1 „Chichester City Council: Freedom Holders“. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  20. „The Chichester Guide“. Chichester Web. 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-iyul.
  21. „Creating a Prosperous and Sustainable Economy: An Economic Strategy for Chichester District 2013-2019“. 2018-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-oktyabr.
  22. „Thousands gather for last open day at Chichester Police Station“. Chichester Observer (2017-yil 20-iyul). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  23. Cipirska, Isabella. „Chichester's custody suite to be reopened temporarily“. Chichester Observer (2020-yil 4-sentyabr). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  24. Powling, Joshua. „Conservative Katy Bourne re-elected as Sussex Police and Crime Commissioner“. Chichester Observer (2021-yil 10-may). 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  25. Saunders. „Chichester Fire Brigade“. The Novium Museum. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  26. „St Richard's Hospital“. University Hospitals Sussex NHS Foundation Trust. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  27. „Chichester Hospital, Private Hospital in Sussex“. Nuffield Health. 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  28. „Who's my energy supplier or network operator?“. Energy Networks Association. 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  29. Stack, Joe. „Chichester and Bognor water supplier named as 'one of the best in the industry'“. Chichester Observer (2019-yil 5-noyabr). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  30. Powling, Joshua. „'Madness' to build houses without adequate sewage capacity“. Chichester Observer (2020-yil 16-dekabr). 2021-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.