Kontent qismiga oʻtish

Avstriyaliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avstriyaliklar (oʻzlarini esterrayxer deb ataydilar) – xalq, Avstriyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 8,8 mln. kishi (1992). (Avstriyada – 7,15 mln. kishi). Avstriyaliklar nemis tilida soʻzlashadi. Yevropeoid irqiga mansub. Dini – katolik, oz qismi – protestant. Avstriya yeridagi eng ilk qabilalar: illiriylar, keltlar, retlardir. Miloddan avvalgi 2-asrda Avstriya yerini rimliklar bosib olib, yerlik xalqlarni romanizatsiyalashtirdi. 5–6 asrlarda Avstriyaga yana bir qancha qabilalar va kabila birlashmalari (gotlar, gunnlar, langobardlar va boshqalar) bosib kiradi. Bular yerlik xalqlarning etnik tarkibiga qisman oʻzgarish kiritgan. 6-asrda Avstriya yeriga slavyanlar va germanlar (bavarlar, alemannlar) keladi. Slavyan va germanlar Avstriyaning ilk romanizatsiyalashtirilgan guruhlari bilan qoʻshilib ketishlari natijasida avstriyaliklar elati, 19-asrning oxirlarida esa avstriyaliklar millati tashkil topdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil