Autodesk 3ds Max
Autodesk 3ds Max | |
Muallif | Autodesk |
---|---|
Ishlab chiquvchi | Autodesk |
tashkil topdi: | 1990 |
So‘nggi versiyasi | 2018 (2017-yil aprel) / 2017-yil |
Operatsion tizim | Microsoft Windows, x86-64 va x86 |
Yozilgan til(lar)i | ingliz |
Status | uch o'lchamli grafika |
Litsenziya | bor |
Autodesk 3ds Max (avval 3D Studio MAX) — Autodesk kompaniyasi tomonidan yaratilib boʻlingan, animatsiya va uch oʻlchamli grafika yaratuvchi va tahrir qiluvchi toʻliq funksiyali professional dastur. Oʻz ichiga multimediya sohasidagi mutaxassislar va rassomlar uchun eng zamonaviy vositalarni oladi. Windows operatsion tizimlari oilasi tarkibida ishlaydi (ham 32 bitda, ham 64‑bitda). 2014-yil martda dasturning Autodesk 3ds Max 2015 deb nomlangan 17.0 versiyasi ishlab chiqarildi.
Autodesk 3ds Max ikki litsenziyali versiyalarda mavjud: talaba — bepul (Autodesk veb-saytida roʻyxatga olinish kerak), dasturning toʻliq versiyasini taqdim etadi (biroq undan foyda maqsadida foydalanish mumkin emas) va toʻliq (tijorat) versiyasi 2400 yevro evaziga.
Dastur tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻplamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab chiqarilgan. Toʻplam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan Yost Group mustaqil studiyasi shugʻullanardi. Autodesk boshida faqat toʻplam ishlab chiqarish bilan shugʻullanardi. Maʼnbalarda keltirilishicha Gari Yost oʻsha davrdagi Autodesk yangi loyihalari boʻyicha direktori Erik Lyons bilan muzaokaralardan soʻng oʻz ish joyini tark etgan.
Birinchi toʻrt reliz 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin toʻplam Windows NT uchun qayta yozildi va 3D Studio MAX deb qayta nomlandi (1996-1999). Versiya raqamlash qaytadan boshlandi.
2000-2004-yillarda toʻplam Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan esa — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX 2018 nomiga ega.
3ds Max versiyalarining to'liq ro'yxati:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Versiya | Nomlanishi | Ishlab chiqarilgan yili | Tizim | Tizim darajasi |
---|---|---|---|---|
3D Studio Prototype | THUD | 1988 | MS-DOS | 16-bit x86 |
3D Studio | THUD | 1990 | ||
3D Studio 2 | 1992 | |||
3D Studio 3 | 1993 | |||
3D Studio 4 | 1994 | |||
3D Studio MAX 1.0 | Jaguar | 1996 | Windows NT 3.51, Windows NT 4.0 | IA-32 |
3D Studio MAX R2 | Athena | 1997 | Windows 95 va Windows NT 4.0 | |
3D Studio MAX R3 | Shiva | 1999 | Windows 98 va Windows NT 4.0 | |
Discreet 3dsmax 4 | Magma | 2000 | Windows 98, Windows ME, Windows 2000[1] | |
Discreet 3dsmax 5 | Luna | 2002 | Windows 2000 va Windows XP | |
Discreet 3dsmax 6 | Granite | 2003 | ||
Discreet 3dsmax 7 | Catalyst | 2004 | ||
Autodesk 3ds Max 8 | Vesper | 2005 | ||
Autodesk 3ds Max 9 | Makalu | 2006 | IA-32 va x64 | |
Autodesk 3ds Max 2008 | Gouda | 2007 | Windows XP va Windows Vista | |
Autodesk 3ds Max 2009 | Johnson | 2008 | ||
Autodesk 3ds Max 2010 | Renoir | 2009 | ||
Autodesk 3ds Max 2011 | Zelda | 2010 | Windows XP, Windows Vista va Windows 7 | |
Autodesk 3ds Max 2012 | Excalibur / Rampage | 2011 | ||
Autodesk 3ds Max 2013 | SimCity | 2012 | Windows XP va Windows 7 | |
Autodesk 3ds Max 2014 | Tekken | 2013 | Windows 7 | x64 |
Autodesk 3ds Max 2015 | Elwood | 2014 | Windows 7 va Windows 8 | |
Autodesk 3ds Max 2016 | Phoenix | 2015 | Windows 7, Windows 8 va Windows 8.1 | |
Autodesk 3ds Max 2017 | Kirin | 2016 | Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10 | |
Autodesk 3ds Max 2018 | Imoogi | 2017 | Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10 |
Modellashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]3ds Max turli koʻrinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch oʻlchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qoʻllaydi, jumladan:
- poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli boʻlib, murakkab modellar va oʻyinlar uchun maʼlum modellar yaratish uchun ishlatiladi.
- Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);
- Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;
- oʻrnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qoʻllash orqali modellashtirish;
- splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qoʻllash orqali modellashtirish;
- splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qoʻllash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.
Modellashtirish metodlari oʻzaro bogʻliq holda ishlatilishi mumkin.
Standart "Choynak" (Teapot) obyekti uch oʻlchamli grafikaning oʻziga xos ramziga aylangan.
Particile Systems
[tahrir | manbasini tahrirlash]Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:
- PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin;
- Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini yaratadi;
- Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega;
- Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab parametrlarga ega ;
- Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;
- PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;
- PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.
Reactor
[tahrir | manbasini tahrirlash]3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi.[2] Uning oʻrniga MassFX moduli keldi.
Hair&Fur
[tahrir | manbasini tahrirlash]7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli oʻrnatildi.
Vizuallashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Modellashtirilayotgan narsa ishining soʻnggi bosqichi bu vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan soʻng obyektning barcha xossalari koʻrina boshlaydi va ish davomida oʻrnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon boʻladi. Ungacha esa barchasi juda oddi koʻrinishda koʻrsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik shakllar va turli xil effektlar koʻrinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi koʻrinishini hisoblash ishning qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. VMlarning koʻpchiligi dasturga qoʻshimcha oʻrnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.
Vizualizatsiya modullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Scanline
- 3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg'or xususiyatlarga ega bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillar o'tib Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardan o'tgan (mas, RadioRay).
- mental ray
- Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds Maxning so'nggi versiyalariga o'rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator hisoblanadi
- V-Ray
- Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashhur. Tez-tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o'rniga ishlatiladi. Dasturning eski versiyalari bilan muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug'lik tizimi" o'rnatilgan. Yana ko'plab funksiyalarga ega.
- RenderMan
- Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo'l keladi.
- FinalRender
- Cebas kompaniyasining tashqi vizualizatori. Kuchli vizualizator hisoblanib, imkoniyatlari bilan faqat mental raydan keyin turadi.
- Yana quyidagi VMlar mavjud (ular haqida to'liq shu yerda o'qing, rus tilida):
- Braziliya R/S; Fryrender; Indigo Renderer; Maksvell Render; LuxRender; Kerkythea; Arion Render; BIGrender; Sunflow; Krakatoa
Video Post (Video Tahrirlash)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Video Post dasturiy moduli tasvirlarni uch oʻlchamli sahnalarda quyidagi grafik effektlarni qoʻllash uchun ishlatiladi:
- bir nechta tasvirlarni bittaga birlashtirish orqali kompozitsiya yaratish;
- suratlarni filtrlash va koʻplab effektlarni qoʻllash uchun;
- turli xil oʻtish animatsiyalarini qoʻllash;
- animatsiya ustida amallar.
Surat qayta ishlashdagi filtrlar turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Contrast filtri —suratning yorugʻligi va ranglar keskinligini nazorat qiladi.
- Fade filtri — surat ranglarini boshqaradi.
- Image Alfa filtri — suratning baʼzi alfa-kanal qismlarini niqob yordamida oʻzgartiradi.
- Lens Effects filtrlar oilasi:
- Flare (Shuʼla) — kamera obyektivi linzasida shuʼla hosil qiladi.
- Focus (Yigʻish) — tasvirning fokusini yaratadi.
- Glow (Charaqlash) — obyekt atrofi ustida ishlaydi.
- Higlight (Yaltirash) — yulduz shaklidagi yaltiroq shuʼlalarni yaratadi.
- Negatie filtri — surat rangini rangli negativga oʻtkazadi.
- Pseudo Alfa filtri — alfa-kanal shaffofligini yaratadi.
- Simple Wipe filtri — suratni sekin yoʻqolishi yoki paydo bolishi imkonini beradi.
Plaginlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin maʼlum ishni bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini yaratish mumkin. Plaginlar tashqi oʻrnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin. Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan yaratiladi. 3ds Max dasturining qoʻshimcha modullari nihoyatda koʻp boʻlib, hatto dastur standart vositalaridan oʻn barobar oshib ketadi. Plaginlar koʻplab masalarni yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi, obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi qoʻshimcha modullar shu darajada mashhur boʻlib ketdiki, ularni 3ds Max dasturiga moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi. Quyida 3ds Maxning baʼzi plaginlari roʻyxati keltirilgan:
- FumeFX — olovning, gulxan uchquning, tutunning va hokazoning fotorealistik effekti.
- Feniks FD — olov va tutunni hosil qilish uchun Chaos Groupdan FumeFXning muqobili.
- DreamScape — turli xil landshaftlar, togʻlar, osmon, atmosfera effektlari va b.
- AfterBurn — osmon, tutun, porlash va b.ning fotorealistik effektini beradi.
- GrowFX .— istalgan turdagi oʻsimliklarni yaratadi. Yaratilgan har bir oʻsimlikni jonlantirish mumkin.[3]
MAXScript
[tahrir | manbasini tahrirlash]MAXScript — 3ds Maxga oʻrnatilgan makrodasturlash tili boʻlib, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- *.ms turdagi fayllarda saqlanuvchi skriptlarni yaratish;
- *.mcr turdagi fayllarda saqlanuvchi makroslarni yaratish;
- shaxsiy modullarni yozish;
- OLE mexanizmi shaʼfeligida Windows dasturlari bilan maʼlumot almashinish;
- foydalanuvhi bajaradigan barcha harakatlarni avtomatik yozib olish.
Sh. qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Microsoft Office
- Microsoft Word
- Microsoft Excel
- Microsoft PowerPoint
- LightWave 3D
- Autodesk Maya
- Autodesk Mudbox
- Autodesk Softimage
- Autodesk MotionBuilder
- Cinema 4D
- Blenderda
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt: Autodesk kompaniyasi (Inglizcha)
- Rus Autodesk (Wayback Machine saytida 2013-04-03 sanasida arxivlangan)
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Келли Мэрдок. Autodesk 3ds Max 2013. Библия пользователя. М.: «Диалектика», 2013.
- Келли Мэрдок.. 3ds Max 2012. Библия пользователя. М.: «Диалектика», 2012.
- Стефани Рис. Анимация персонажей в 3D Studio MAX, оригинал Анимация персонажей в 3D Studio MAX. Издательство BOOKS, 2009. — 450 стр.
- Shamms Mortier, Autodesk 3ds Max 9. 3d Studio Max 9:— M. : Nashriyot uyi "Dialectics", 2007. — 384 p. Il. ISBN 978-5-8459-1215-2
- Кулагин Б. Ю, Яцюк О. Г.. 3ds Max в дизайне среды, 1-е издание, C.: «БХВ-Петербург», 2008 — 976-bet.
- Сазанов Е.А. Архитектурная визуализация в программе Autodesk 3ds Max 2015. Омск, 2016. — ISBN 978-5-93204-887-0.
- Швембергер С., Щербаков И., Горончаровский В.. 3ds Max: художественное моделирование и специальные эффекты. C.: «БХВ-Петербург», 2006 — 320-bet.