Kontent qismiga oʻtish

ARPANET

Vikipediya, erkin ensiklopediya
ARPANET mantiq xaritasi

ARPANET (Ing: Advanced Research Projects Agency Network) — bu AQShning Mudofaa departamenti tarkibidagi Ilmiy-tadqiqot loyihalari agentligi (ARPA) tomonidan yaratilgan birinchi paketli kommunikatsiya (packet switching) tarmog'i bo'lib, zamonaviy internetning tamaltoshi hisoblanadi. Sovuq urush sabab 1960-yillarda AQSh Mudofaa departamenti yangi va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratishni boshladi. 1969-yilga kelib ARPANET tushdi va ilmiy-tadqiqot muassasalari va harbiy laboratoriyalar o`rtasida tezkor va ishonchli ma'lumot almashishga xizmat qildi[1].

Dastlabki Tadqiqotlar va Gʻoya (1960-yillar):
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1960-yillarning boshlarida tadqiqotchilar kompyuterlarni o`zaro bog'laydigan tarmoq yaratish g'oyasini o`rganishni boshladilar.
  • Pol Baran va Donald Davies mustaqil ravishda ma'lumotlarni bo`laklab almashish konseptini ishlab chiqdilar. Unga ko'ra ma'lumotlar kichik bo'laklarga bo`linadi, bo`laklar tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqa kompyuterga yuboriladi va manzilga yetib borgan bo`laklar qayta yig'ilib ma'lumot shakliga keladi.
Loyiha Boshlanishi (1966-1968):
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • ARPA (Advanced Research Projects Agency) jamoasi 1966-yilda Bob Teylor va Larri Roberts boshchiligida ARPANET loyihasini boshladi[2].
  • Asosiy maqsad, ishonchli va markazlashtirilmagan aloqa tarmog'ini yaratish edi. Bu tarmoq qisman uzilishlarga dosh bera oladigan va samarali ishlay oladigan shaklda bo`lishi kerak edi.
1969 ARPANET IMP
Amalga Oshirish va Birinchi Ulanishlar (1969):
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • ARPANETning birinchi markazi 1969-yil 29-oktabrda Los-Anjelesda joylashgan Kaliforniya Universiteti (UCLA)da o'rnatildi.
  • ARPANET orqali yuborilgan birinchi xabar "LO", Stenford Tadqiqot Instituti (SRI) da joylashgan kompyuterga yuborildi. Garchi aloqa birinchi urinishdayoq ishdan chiqqan bo'lsa-da, bu tarmoqning ilk ma'lumot almashinuvi sifatida tarixda qoldi[3].
Kengayish va Protokol Rivoji (1970-yillar):
[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1970-yillar davomida ARPANET keng rivojlandi, ko'proq universitetlar va tadqiqot institutlari tarmoqqa qo`shildi.
  • 1972-yilda Ray Tomlinson ilk bor ARPANETda elektron pochta xizmatini ishga tushirdi[4] va bu xizmat juda mashhur bo`lib ketdi.
  • 1973-yilda Vint Cerf va Bob Kaan Transport Kontrol Protokoli (TCP) ni ishlab chiqdilar[5]. Keyinchalik, bu protokol Transport Kontrol Protokoli (TCP) va Internet Protokoli (IP) ga bo'lindi. Bu protokollar ARPANET va internetda ma'lumotlarni uzatish uchun asosiy protokollar bo`lib qoldi.

ARPANET zamonaviy internetning rivojlanishida muhim oʻrin tutdi. Bu loyiha ilmiy-tadqiqot muassasalari va hukumat idoralari oʻrtasida tezkor va samarali aloqani taʼminladi, va oxir-oqibatda, butun dunyo boʻylab odamlar uchun qulay va tezkor aloqa vositasiga aylandi. ARPANETdan boshlangan texnologik innovatsiyalar va yutuqlar bugungi internetning asosi boʻlib xizmat qildi.

Muhim Voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1969: ARPANETning birinchi muvaffaqiyatli aloqa amalga oshirildi[6].
  • 1972: Elektron pochta joriy qilindi.
  • 1983: TCP/IP protokollari qabul qilindi.
  • 1991: Jahon Internet Tarmog'i (WWW) ishga tushirildi[7].
  • 1995: ARPANET tugatildi va to`liq internet bilan almashtirildi[8].
  1. „FROM ARPANET TO THE INTERNET“.
  2. „Internet Pioneers“.
  3. „Browsing history: A heritage site is being set up in Boelter Hall 3420, the room the first Internet message originated in“.
  4. „Ray Tomlinson | Email“.
  5. „Dr. Vinton Cerf and Dr. Robert Kahn | Medal of Freedom Recipients“.
  6. „Arpanet – the network’s history“.
  7. „The World’s First Web Site“.
  8. „Arpanet – the network’s history“. — „In 1983, the TCP/IP network protocol was also used for Arpanet, making the older network a part of the internet. In 1990, Arpanet was finally discontinued and replaced by the NSFNet, which had been in existence since 1985. NSFNet was discontinued in 1995.“.